Uy va xonadonlar - Aromalux У каждого бренда должен быть свой аромат
  • Oʻzbek
  • Русский
  • Xonadonlar va uylarni xushbo‘y qilish

    + Qulay atmosfera – 96% odamlar yoqimli hidning kayfiyat va farovonlikka ijobiy ta’sirini qayd etishadi.

    + Tetiklik va yaxshi kayfiyat – surovnomada qatnashganlarning 89% sitrus, olma va tarvuz hidlari kayfiyatni ko‘tarishini va tinchlantirishini ta’kidlaydilar.

    + Asab tarangligi va charchoqni ketkazishi – apelsin, lavanda va yalpizning xushbo‘y hidlari psixologik charchoq darajasini pasaytiradi va ish kunidan keyin tiklanishga yordam beradi.

    + Yoqimsiz hidlarni yo‘q qilish – barcha yoqimsiz hidlar (sigaret, hojatxona, ta’mirlash va boshqalar) 100% neytrallanadi.

    Uy uchun interer iforlari

    Xushbo‘y hidlarning odamga ta’sirini ortiqcha baholash qiyin. Ular bizning kayfiyatimizga, jismoniy faoliyatimizga va aqliy holatimizga ta’sir qilishi mumkin. Qadim zamonlardan beri uyni xushbo‘y qilish shinam uy muhitining ajralmas qismi bo‘lib kelgan.

    Misol uchun, g‘amxo‘r uy bekalari inson asab tizimiga foydali ta’siri bilan mashhur bo‘lgan uyqusizlikka qarshi kurashish uchun lavanda iforidan foydalanganlar. Sersuv sitrus xidlari tinchlantiradi va kayfiyatimizni yaxshilaydi.

    Xonadon yoki uy uchun iforni qanday tanlash mumkin

    Xushbo‘y hidni tanlashda siz birinchi navbatda o‘zingizning ta’bingizga, oila a’zolarning o‘rniga va kerakli bo‘lgan ta’sirga e’tibor qaratishingiz kerak. Hidlar tinchlantirishi, tetiklashi, kayfiyatni ko‘tarishi, aqliy faoliyatini yaxshilashi, iliq, shinam muhit yaratishi va hatto intererning nafisligini ta’kidlashi mumkin.

    Agar siz dam olishingiz, ortiqcha asabiy taranglikni bartaraf qilishingiz va uyquni yaxshilashingiz kerak bo‘lsa, lavanda, ko‘k choy, vanil yoki sandal daraxtining nozik hidlari yordam beradi. Bu hidlar yotoqxonaning intereriga juda mos keladi. Sitrus mevalarining tetiklantiruvchi va tinchlantiruvchi notalari kayfiyatni yaxshilash va yengil, quvnoq muhit yaratish uchun foydali bo‘ladi. Ular, shuningdek, aqliy faoliyatga foydali ta’sir ko‘rsatadi, ularni mehmonxona yoki ofis uchun mos keladi.

    Do‘konlar uchun qanday hid guruhlari mos keladi

    Qahva, pishiriqlar, qandolatlar va dolchinning iliq xushbo‘y hidlari uy sharoitida qulay muhit yaratishga yordam beradi. Bu hidlar ko‘pchilikka yoqadi va oshxona, mexmon kutish xonasi yoki ovqatlanish xonasi uchun juda yaxshi sanaladi. Ushbu xususiyatdan xonadon va uylarni namoyish qilishda riyeltorlar ham foydalanishadi, bu esa uylarni sotish imkoniyatini oshiradi.

    Shuningdek, siz shaxsiy istaklar asosida xushbo‘y hidni tanlashingiz yoki xonaning dizayni bilan uyg‘unlashgan nafis ichki kompozitsiyani tanlashingiz mumkin. Masalan, bu gullarning yengil notalari, yog‘ochning olijanob akkordlari, yumshoq carm, salqin dengiz hidlari va boshqalar bo‘lishi mumkin.

    Uyingizdagi yoqimsiz hidlarni yo‘q qilish

    Qulay va yoqimli muhit yaratishdan tashqari, xushbo‘ylik ham xonadonda yoki uyda yoqimsiz hidlar muammosini hal qiladi. Buning uchun xushbo‘y suyuqliklarga maxsus absorbent-neytralizator qo‘shiladi, u hatto sigaretning, oshxonaning, hayvonlarning, hojatxonaning, eskirganlik, ta’mirlanishi va hokazolarning singib ketgan hidlarini xam 100% ga yo‘q qiladi.

    Uylar va xonadonlarni xushbo‘y qilish uchun uskunalar

    Eng kichik quvvatga ega aroma mashinalari ko‘pincha uy yoki xonadon uchun mos keladi. Maxsus nano-diffuziya texnologiyasi tufayli qurilmalar xona bo‘ylab xushbo‘y havoni bir tekis taqsimlaydi. Bundan tashqari, aroma mashinalari, aerozollardan farqli o‘laroq, mebel, oziq-ovqat yoki interer buyumlarida qoldiq va boshqa izlarni qoldirmaydi.

    Bunday qurilmalarning yana bir muhim afzalligi shundaki, tarqatilgan xushbo‘y hid mutlaqo tabiiy va xojatxona spreyidagi kabi hech qanday kimyoviy qo‘shimchalarsiz taraladi.

    Aroma mashinalari dasturlash funktsiyasi bilan jihozlangan va avtomatik rejimda ishlaydi. Misol uchun, ish kunlarida qurilma o‘z-o‘zidan faqat kechqurun, egalari uyda bo‘lganda yoqilishi mumkin, dam olish kunlari esa tunda kutish rejimiga o‘tib, kun bo‘yi ishlashi mumkin.

    Har bir brendning o'ziga xos ifori bo'lishi kerak