Tibbiyot muassasasi - Aromalux У каждого бренда должен быть свой аромат
  • Oʻzbek
  • Русский
  • Tibbiyot muassasalari uchun aromamarketing

    + Asab tarangligi va stressni yengillashtirish – apelsin, vanil va lavanda iforlari klinikadagi bemorlarning 70 foizida bezovtalik xissi darajasini kamaytiradi.

    + Yaxshi kayfiyat – yoqimli atmosfera kayfiyatni ko‘taradi va tashrif buyuruvchilarga qulaylik hissi beradi.

    + Doimiy mijozlar – yoqimli hislar bemorlar tomonidan eslab qolinadi, ular tez-tez qaytib kelishadi va vaqt o‘tishi bilan doimiy mijozlar soni ko‘payadi.

    + Sotuvning o‘sishi – tadqiqotlar natijasida xushbo‘ylantirishdan foydalanadigan tibbiy klinikalarda savdo o‘rtacha 13% ga oshgani aniqlandi.

    + Yoqimsiz hidlarni yo‘q qilish – mijozlarda salbiy reaksiyaga sabab bo‘lgan barcha yoqimsiz hidlar (dori-darmonlar, dezinfektsiyalash vositalari) 100% neytrallanadi.

    Tibbiyot klinikalari uchun iforlar

    Aksariyat odamlar uchun sog‘liqni saqlash muassasalari stress, tashvishli kutishlar va hatto og‘riq bilan bog‘liq. Odamlarning klinikaga tashrif buyurishining sababi odatda salbiy: kasallik, xolsizlik, shikastlanish va hk. Kasalxonaga borganimizda, biz tez-tez noqulaylik, tashvish va qo‘rquvni his qilamiz, ayniqsa yaqinlashib kelayotgan muolaja og‘riqli bo‘lsa.

    Shu nuqtai nazardan, ba’zi is-iforlarning odamga ijobiy ta’siri juda foydali ta’sir bo‘lib xichoblanadi. Sitrus, vanil va yashil olma hidlari asab tizimiga foydali ta’sir ko‘rsatishi, stress darajasini pasaytirishi, asablarni bo‘shashtirib xamda endorfinlar – baxt va zavq gormonlarini ishlab chiqarishni rag‘batlantirishi isbotlangan.

    “Apelsin va lavanda hidlari tish davolashni kutayotgan bemorlarda 70% ga tashvishlanishni kamaytiradi va kayfiyatni yaxshilaydi.”

    Nufuzli nemis professori Iogann Lerner aromaterapiya ta’sirini o‘rganib, sitrus hidlari tish shifokoriga tashrif buyurishdagi qo‘rquvni yengishga yordam berishini aniqladi. U o‘z tadqiqotini Germaniya bo‘ylab o‘nlab klinikalarda olib bordi, tish shifokoriga murojaat qilish uchun navbatini kutayotgan xech narsadan bexabar bemorlarni jalb qildi.

    So‘rov natijalariga ko‘ra, ishtirokchilarning 70% dan ortig‘i apelsinning xushbo‘y ifori ta’sirida odatdagidan kamroq tashvishlanishgan. Bemorlarning 20% uchun, tish shifokoridan patologik qo‘rquvga qaramay, klinikada vaqt deyarli sezilmasdan o‘tib ketdi.

    Tibbiyot klinikasi uchun hidni qanday tanlash mumkin

    To‘g‘ri tanlangan xushbo‘y iforlar klinikada qulaylik va tasalli beruvchi muhit yaratadi. Misol uchun, vanil, apelsin, yashil olma va qarag‘ay ignalarining hidlari keraksiz taranglikni yengillashtiradi, tashvish hissini kamaytiradi va kutishdan u qadar asabiylashtirmaydi. Shirin va mevalal iforlar bolalar klinikalari uchun juda mos keladi: shokolad, malina, babl-gam, vanil, pishiriklar.

    Qulay atmosfera bemorlarni yoqimli hayratda qoldiradi va ularning nazarida muassasani boshqalardan sezilarli ajratib turadi. Kelajakda yoqimli va tasalli muhitda tibbiy muolajalarni o‘tkazish xotiralari qaysi tashkilot bilan bog‘lanishni tanlash natijasini oldindan belgilab beradi.

    Klinikada yoqimsiz hidlarni yo‘q qilish

    Ko‘pincha tibbiy klinikalarda ko‘pchilik uchun yoqimsiz va salbiy reaksiyaga sabab bo‘lgan dori-darmonlar, dezinfektsiyalash vositalari va boshqalarning hidlari bo‘ladi. Ularni yo‘q qilish uchun maxsus absorbent-neytralizator juda samarali. U barcha yoqimsiz hidlarni butunlay yuk qiladi va ularning mijozlarga salbiy ta’sirini bartaraf qiladi.

    Tibbiyot klinikalari uchun xushbo‘ylantirish uskunalari

    Stomatologiya va klinikalar maydoni odatda unchalik katta emas, bu esa kam quvvatli xushbo‘ylantiruvchilardan foydalanishga imkon beradi. Ko‘pgina hollarda, faqat qabul qilish yoki kutish joyini xushbo‘ylantirish kifoya.

    Agar klinikada murakkab tartibda joylashgan bo‘lsa, bir-biridan ajratilgan bir nechta xonalar yoki juda katta maydon (500 kv.m dan ortiq), xushbo‘ylantirish uskunasini umumiy shamollatish tizimiga ulash mantiqan to‘g‘ri. Bu bir-biridan ajratilgan bo‘lsa ham, umumiy shamollatish tizimiga ega bo‘lgan xonalarni teng ravishda xushbo‘ylantira oladi.

    Professional havo xushbo‘ylantiruvchilari dasturlash funksiyasi bilan jihozlangan: ular klinikaning ish jadvaliga ko‘ra avtomatik ravishda yoqiladi va o‘chiriladi xamda kerakli darajadagi hid intensivligini saqlaydi. Buning yordamida xushbo‘y suyuqlik tejamliroq sarflanadi va xodimlarning qurilmani yoqish yoki o‘chirishni unutish ehtimoli yo‘qoladi.

    Har bir brendning o'ziga xos ifori bo'lishi kerak