Ofislar va biznes markazlari - Aromalux У каждого бренда должен быть свой аромат
  • Oʻzbek
  • Русский
  • Ofislar va biznes markazlari uchun aromamarketing

    Zamonaviy ofis – doimiy ish uchrashuvlari, taqdimotlar, uchrashuvlar va ko‘plab odamlarning mashaqqatli mehnati. Ofisni malakali xushbo‘ylantirish xodimlarning ish samaradorligiga, mijozlarning brendga sodiqligini shakllantirishga va hamkorlar bilan ishonchli munosabatlarni o‘rnatishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

    Ofis xushbo‘yligi o‘zi nima

    Aromaterapiya g‘oyasi ming yillar davomida ma’lum, ammo ish joyida qulay muhit yaratish uchun iforlardan foydalanish nisbatan yaqinda paydo bo‘ldi.

    Dunyodagi eng qadimgi va yirikligi bo‘yicha to‘rtinchi urindagi yapon kosmetika kontserni Shiseido o‘z ofislarida maxsus ishlab chiqilgan xushbo‘y essentsiyadan foydalanadi, bu esa xodimlarining xatolarini 54 foizga kamaytiradi.

    To‘g‘ri tanlangan ichki xushbo‘ylantirish xodimlarning ish qobiliyatini oshiradi, ularga kontsentratsiyani uzoqroq saqlashga imkon beradi, charchoqni kamaytiradi, yangi ma’lumotlarni idrok etishni yaxshilaydi va vazifalarni bajarishda xatolar sonini kamaytiradi. Oxir oqibat, bu tashkilotning samaradorligiga ijobiy ta’sir qiladi.

    Xodimlar uchun ofis iforlari

    Ofis uchun iforni tanlash o‘zingiz uchun qo‘ygan vazifalarga bog‘liq.

    Jasmin, choy daraxti, zanjabil va archa hidlari miya faoliyatini yaxshilashga yordam beradi. Aqliy hujum va yuqori intellektual sarf qilishni talab qiladigan ish sharoitlari uchun javob beradi.

    Rayxon va neroli hidlari ish samaradorligini oshiradi.
    Lavanda, shalfey, evkalipt va rozmarin xotirani yaxshilaydi.
    Rayhon, yevkalipt, yalpiz, limon va qahvaning xushbo‘y hidlari tetiklantiradi va uyquchanlikni bartaraf qiladi.

    Zira, lavanda va melissa roxatlanishga va osoyishtalikni his qilishga yordam beradi. Dam olish xonasi uchun ideal variant.

    Vanil, yashil olma va shokoladning xushbo‘yligi sotuvni ko‘paytirish uchun ishlatilishi mumkin: u serotonin – baxt gormoni ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi, quvonch, xotirjamlikni his qilishga va ong ostida ishonch tuyg‘usini yaratishga yordam beradi. Sitrus, vanil, lavanda va yalpiz islari ofisdagi ish muhitiga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Ularga qo‘shimcha ravishda, yog‘ochning nozik xidi va musaffo dengiz kompozitsiyalari ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

    Mijozlar uchun ofis iforlari

    O‘ylab chiqilgan atmosfera, shuningdek, binolarning dizayni muzokaralar uchun qulay muhit yaratadi, chunki odam ong ostida yoqimli hidga ega bo‘lgan joyga ko‘proq ishonadi.

    Sandal daraxti, carm, kedr, hind daraxtlari, sharqona ziravorlar va anjirning maqomdagi xushbo‘y hidlari o‘zlarini barqaror, ishonchli brend sifatida ko‘rsatadigan kompaniyalar ofislari uchun mos keladi. Yengil dengiz shabadasi, oq nilufar yoki bodringning musaffo hidlari yosh xarakatchan jamoa mexnat qiladigan ofisini xushbo‘ylash uchun mos keladi.

    Kofe, yashil olma, sitrus mevalari, bergamot va oq sharobning yorqin tinchlantiruvchi xidlari ijodiy kompaniya yoki digital-agentlik uchun mos keladi.

    Nike kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra, xaridorlar xushbo‘y va hidsiz bo‘lim o‘rtasida tanlovga ega bo‘lganida, odamlarning 84 foizi xushbo‘y savdo do‘konida xarid qilishni afzal ko‘radi, hatto u yerda narxlar 10-20 foizga yuqori bo‘lsa xam.

    Aromatik kompozitsiyani purkash to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish joyidan boshlanishi kerak – bu o‘tayotgan odamlarni jalb qiladi. Va agar muassasa savdo markazida joylashgan bo‘lsa, unda uning xushbo‘yligi uni ajralib turishiga, chegaralarni belgilashiga imkon beradi. Negaki, savdo markazlari ko‘pincha oziq-ovqat do‘koni, poyabzal butiki, kitob do‘koni, maishiy kimyo bo‘limi va ularning tovar hidlari aralashmasi bilan birga bo‘lib, xaridorlarni assortimentni o‘rganishdan ko‘ra, tezda chiqib ketishga undaydigan noxush aralashmani yaratadi.

    Ofisdagi yoqimsiz hidlarni yo‘q qilish

    Yoqimsiz hidlar noqulaylik tug‘dirishi mumkin, ham xodimlarda, ham mijozlarda rad yetish xissini uyhotadi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi va hatto og‘ir migrenlarni qo‘zg‘atadi. Ter, deodorantlar, oziq-ovqat, tamaki, hojatxona, chiriyotgan va boshqalarning hidlari ofis atmosferasiga salbiy ta’sir qiladi.

    Bu nafaqat yoqimsiz hidni niqoblash, balki uni butunlay neytrallash juda muhimdir. Shu maqsadda aromatik suyuqliklarga maxsus absorbent vositasi qo‘shiladi, bu esa barcha begona hidlarni 100% bartaraf qiladi va ularning mijozlar xamda xodimlarga salbiy ta’sirini yo‘q qiladi.

    Ofis uchun hid beruvchi uskunalar

    Ofislar uchun aromamashinalar binolarning maydonini hisobga olgan holda tanlanadi. Kichkina ofislar va qabulxonani xushbo‘y qilish uchun ko‘pincha kam quvvatli qurilmalardan foydalanish kifoya. Murakkab tartibli xonalarni xushbo‘y qilish uchun umumiy shamollatish tizimiga ulanish kerak bo‘lishi mumkin.

    Professional havo xushbo‘ylantiruvchilari dasturlash funktsiyasi bilan jihozlangan: ular ofis ish jadvaliga muvofiq avtomatik ravishda yoqiladi va o‘chiriladi xamda kerakli darajadagi hid intensivligini saqlaydi. Buning yordamida aromatik suyuqlik tejamliroq sarf qilinadi va xodimlarning qurilmani yoqish yoki o‘chirishni unutish ehtimoli yo‘qoladi.

    Yoqimli interer hidi jo‘shqinlik va yaxshi kayfiyatni beradi, charchoqni ketkazadi, dam olishga yordam beradi va stressdan himoya qiladi. Ofislar va biznes markazlarni xushbo‘ylantirish ko‘plab ish vazifalarini hal qiladi va kompaniyaning raqobatchilar orasida mavqeini mustahkamlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

    Har bir brendning o'ziga xos ifori bo'lishi kerak