Mebel salonlari - Aromalux У каждого бренда должен быть свой аромат
  • Oʻzbek
  • Русский
  • Mebel do‘konlari uchun aromamarketing

    + Yoqimli muhit – mijozlar yoqimli hidga ega salonda o‘zlarini qulayroq his qilishadi va unda o‘rtacha 23% ko‘proq vaqt sarflashadi.

    + Xarid qilishga tayyorlik – qulay muhit mijozlarning qaror qabul qilishini osonlashtiradi, bu impulsli xaridlar sonini va o‘rtacha chekni 15-25% ga oshiradi.

    + Doimiy mijozlar – ijobiy tajribalar mijozlar tomonidan eslab qolinadi, ular tez-tez qaytib kelishadi va vaqt o‘tishi bilan doimiy mijozlar soni ortadi.

    + Savdo hajmining oshishi – tadqiqotlar natijasida xushbo‘ylashtirishdan foydalangan mebel do‘konlarida savdo o‘rtacha 5-15% ga oshgani aniqlandi.

    + Yoqimsiz hidlarni yo‘q qilish – xaridorlar orasida xaridni rad yetishga olib keladigan barcha yoqimsiz hidlar (DSP, yelim, qadoqlash va boshqalar) 100% neytrallanadi.

    Mebel saloni uchun xushbo‘y fon

    Odatda, biz mebel sotib olishga judayam ehtiyotkorlik bilan yondashamiz, chunki biz undan yillar davomida foydalanishimiz kerak. Mijozlar oddiy do‘konga qaraganda mebel do‘konida ko‘proq vaqt o‘tkazadilar va shu sababli ular uchun eng qulay va yoqimli muhitni yaratish muhimdir.

    IKEA kabi jaxon sanoati gigantlari mijozga mebel uning uyining intereriga qanday mos kelishini tasavvur qilish imkoniyatini berishga harakat qilmoqda. Buning uchun salon maydonlari sun’iy gullar, mevalar, idish-tovoqlar va hatto maishiy texnika nusxalari bilan bezatilgan. Bundan tashqari, yorug‘lik yaxshi o‘ylangan, sokin, taskin beruvchi musiqa tanlangan.

    «Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mijozlar xushbo‘y xid taralgan mebel do‘konida 23% ko‘proq vaqt sarflashadi, bu esa xarid qilish ehtimolini o‘rtacha 9% ga oshiradi.»

    Mijozlarning sodiqligini qozonishga yordam beradigan yana bir muhim omil – bu mebel salonidagi xushbo‘y fondir. Garchi uning yo‘qligi zarar keltirmasa ham, aroma marketingining ta’sirini o‘rganish natijasida, xaridorlarning 90 foizi xushbo‘ylantirilgan do‘konni qulayroq deb topishi ma’lum bo‘ldi.

    Mebel do‘koniga xushbo‘ylik berish usullari

    Mebel do‘konlarining umumiy va xududiy xushbo‘ylantirish usullari mavjud. Birinchi holda, universal interer xushbo‘y hid bilan bitta kuchli aroma mashinasi o‘rnatiladi, bu esa xaridorlarni mamnun qiladigan qulay muhitni yaratadi.

    Hududiy xushbo‘ylantirish usulida har bir bo‘limda mijozlarga o‘ziga xos kayfiyat berish uchun turli xil hidlarni taratuvchi bir nechta kichik va o‘rta o‘lchamdagi aroma mashinalaridan foydalanadi. Misol uchun, oshxona mebellari bo‘limida yangi pishiriqlar yoki qahva hidi, bu oshxonada bir chashka xushbo‘y qahva bilan qanchalik qulay bo‘lishi haqida yoqimli xayollar uyg‘otadi.

    Yashash xonasining mebel bo‘limida sandal daraxti, pachuli, yumshoq carmning nozik hidlari yoqimli, orom beruvchi oqshomga ishora qiladi. Yotoq xonasi mebellari uchun lavanda, vanil va ko‘k choyning yengil va taskin beruvchi hidlari mos keladi.

    Bolalar bo‘limiga mevalar, shirinliklar va babl-gamning iforlari mos keladi. Ular qiziqarli va beg‘ubor o‘yin-kulgi bilan bog‘liq. Kofe va sitrusning tetiklantiruvchi xushbo‘yligi ofis mebellari uchun mos keladi, ular ofisning odatiy ish muhitini va undagi hayotning xarakatlari ritmini ifodalaydi.

    Mebel do‘konida noxush hidlarni yo‘q qilish

    Mebel salonlarida keng tarqalgan muammo – bu mebel ishlab chiqarish jarayonida paydo bo‘ladigan hidlar: yelim, DSP, shimdirish va sun’iy materiallarning hidi. Ular xaridorlarning negativ reaksiyasini keltirib chiqaradi va savdoga salbiy ta’sir qiladi. Ushbu muammoni hal qilish uchun yoqimsiz hidning molekulalarini bog‘laydigan, uni havodan butunlay yo‘q qiladigan maxsus absorbent vositasi ishlatiladi.

    Mebel salonini xushbo‘ylantirish uchun uskunalar

    Kichkina bo‘limlar uchun, shuningdek, kirish joyini xushbo‘ylantirish uchun kichik va o‘rta quvvatli aroma mashinalaridan foydalanish mumkin. Agar salonda murakkab tartib mavjud bo‘lsa, bir-biridan ajratilgan bir nechta zallar yoki juda katta maydon (500 kv.m. dan ortiq) bo‘lsa, yanada kuchliroq xushbo‘ylantirish uskunalardan foydalanish va uni umumiy shamollatish tizimiga ulash tavsiya etiladi.

    Professional havo xushbo‘ylantiruvchilari dasturlash funktsiyasi bilan jihozlangan: ular salonning ish jadvaliga muvofiq avtomatik ravishda yoqiladi va o‘chiriladi xamda kerakli darajadagi hid intensivligini saqlaydi. Buning yordamida xushbo‘y suyuqlik tejamliroq sarflanadi va xodimlarning qurilmani yoqish yoki o‘chirishni unutish ehtimoli yo‘qoladi.

    Xulosa qilish

    Mebel saloni uchun atmosfera va xaridorning unga cho‘mishi juda muhimdir. To‘g‘ri tanlangan xushbo‘y hidlar unga o‘ziga xos qulaylik va shinamlik tuyg‘usini berishga qodir, shuningdek ularni sotilayotgan mebel bilan uyg‘unlashtiradi. Bunday muhitda mijozlar yanada yoqimli vaqt o‘tkazishadi va xarid qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish osonroq bo‘ladi.

    Har bir brendning o'ziga xos ifori bo'lishi kerak