Fitnes-markazlar - Aromalux У каждого бренда должен быть свой аромат
  • Oʻzbek
  • Русский
  • Mijozlarni xushbo‘yliklar yordamida sport zaliga, trenajer zaliga, fitnes markaziga qanday jalb qilish mumkin

    Fitnes markazlari uchun aroma marketingi

    + Tetiklik va yaxshi kayfiyat – fitnes-klubga tashrif buyurganlarning 89 foizining fikricha sitrus, olma va tarvuzning xushbo‘y hidlari kayfiyatni yaxshilaydi va tetiklashtiradi.

    + Tez tiklanish – apelsin va bergamot ifori psixologik charchoq darajasini pasaytiradi va mashg‘ulotdan keyin tiklanishga yordam beradi.

    + Doimiy mijozlar – yoqimli his-tuyg‘ular tashrif buyuruvchilar tomonidan esda qoladi va vaqt o‘tishi bilan doimiy mijozlar soni ko‘payadi.

    + Sotuvni oshirish – tadqiqotlar natijasida xushbo‘ylantirishdan foydalanadigan fitnes klublarida savdo o‘rtacha 8-12% ga oshgani aniqlandi.

    + Yomon hidlarni yo‘q qilish – mijozlarning qaytib ketishiga olib keladigan barcha yoqimsiz hidlar (ter, deodorantlar, jismoniy mashqlar uskunalari) 100% ga yo‘q qilinadi.

    Fitnes klubi uchun iforlar

    Hozirgi vaqtda sog‘lom turmush tarzi tendentsiyasi mavjud bo‘lib, u yomon odatlardan voz kechishni, sog‘lom ovqatlanishni va muntazam jismoniy mashqlar qilishni nazarda tutadi. Bu fitnes klublari sonining ko‘payishiga va natijada ular o‘rtasida raqobatning kuchayishiga olib keladi.

    Zamonaviy trenajyorlar va tajribali murabbiylar, albatta, sport markazining samarali faoliyat yuritishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo eng muvaffaqiyatli klublar mijozlarga yo‘naltirilgan yondashuvga ega bo‘lib, ularda tashrif buyuruvchilar fitnes markazida imkon qadar qulay vaqt o‘tkazishlarini ta’minlashga katta e’tibor beradilar va buning uchun barcha mumkin bo‘lgan vositalar, jumladan aromamarketingni qo‘llaydilar. Haqiqatan ham, har qanday xonada odamlar birinchi navbatda havoda tarqalayetgan xushbo‘y hidlarni qadrlashadi, ya’ni sport zalidan ter, trenajerlar va boshqalarning hidini qanday yo‘qotish masalasi katta ahamiyatga ega.

    «Aroma marketing tashrif buyuruvchilarning kayfiyati va xolatiga foydali ta’sir ko‘rsatadigan maxsus hidlar bilan sport klublari hududlarini maqsadli xushbo‘ylantirishni o‘z ichiga oladi.»

    Aromaterapiya g‘oyasi ming yillar davomida ma’lum bo‘lgan, ammo xushbo‘y iforlarning marketing vositasi sifatida nisbatan yaqindan qo‘llanilmoqda. Shu maqsadda fitnes markazlarida asosan tetiklantiruvchi va musaffolik baxsh etuvchi hidlardan foydalaniladi.

    Fitnes markazlarida qanday iforlardan foydalaniladi

    Sitrusning ifori. Xonada o‘tkir va yaxshi tarqaladigan xushbo‘y hidlar sport zalining atmosferasiga elektr havo neytralizatoridan ko‘ra kamroq ta’sir qilmaydi. Ular faol shug‘ullanadigan odamlarning ko‘pchilik bo‘lib to‘planadigan joylarda paydo bo‘lishi muqarrar bo‘lgan yoqimsiz hidlarni yo‘qotadi.

    Meva va rezavorlarning ifori. Sport muassasasida shirin iforlar noo‘rin, ammo musaffolik iforlari – albatta. Shuning uchun mevalardan tarvuz, mango, olmaga e’tibor qaratish lozim – ular «cho‘qqilarni zabt etish uchun» juda yaxshi rag‘batlantiruvchilardir.

    O‘t- o‘lanlarning ifori. Ularni ikki guruhga bo‘lish mumkin – tinchlantiruvchi va faollashtiruvchi. Birinchisi, dam berish amaliyotiga e’tibor qaratiladigan joylarda, ikkinchisi – harakat qilish kerak bo‘lgan joylarda qo‘llanilishi kerak. Ularning ikkalasi ham sport zalida yomon hidlarni zararsizlantirish masalasini ajoyib darajada hal qiladi.

    Choylarning ifori. Bu xushbo‘y hidlar uy haqida, dilkash suhbatlar haqidagi fikrlarni uyg‘otadi. Bu ularning tashqi ko‘rinishi bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun kelgan mijozlar uchun muhim bo‘lgan ishonch va xavfsizlik muhitini yaratishga yordam berishini anglatadi.

    Dengizning ifori. Bu hidlar eng musaffo bo‘lib tuyuladi, bundan tashqari ular yoz, ta’til, romantika bilan juda yoqimli uyg‘unlikni uyg‘otadi. Yengil shabadadan nafas olib mashq qilish juda zavqli.

    Sport klubining u yoki bu hududida qanday hidlardan foydalanish kerak

    Klubga kiraverishda tashrif buyuruvchilarni yangi meva yoki sitrus iforlari bilan kutib olish mumkin, ular tetiklik va yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi. Kiyinish xonasida ularning yaxshi kayfiyatini hech qanday boshqa mehmonlarning ter, deodorantlar va parfyumeriya hidlari buzmasligi kerak. Ushbu zonani musaffolash vazifasi bilan bergamot, limon yoki yalpizning xushbo‘y hidlari, shuningdek, maxsus absorbent neytralizatori mukammal tarzda kurashadi.

    Quvvatlantiruvchi sitrus notalari, shuningdek, yangi o‘tlar va o‘rmon ifori sizni sport zalida, raqs zallarida va kardio zonada energiya bilan ta’minlashga yordam beradi. Yoga zallarida dam olish va meditatsiya muhitini ko‘k choy, lavanda va yalpizning tinchlantiruvchi hidlari yaxshi ta’minlab beradi.

    Hovuzlar uchun musaffo dengiz iforlari juda mos keladi, bu yoqimli kurort xotiralari bilan uyg‘unlashib va shu bilan birga, agar mavjud bo‘lsa, namlik yoki xlor hidlarni bartaraf qiladi. Asosiysi, mashg‘ulot hududida is-iforlarning intensivligi juda yuqori bo‘lmasligi va charchoqqa olib kelmasligini ta’minlash.

    Mashg‘ulotlardan so‘ng mehmonlar yechinish xonasiga qaytadilar, u yerda yana meva va sitrusyning vefnnfh hidlari ularni yana kutib oladi, bu intensiv xarakatdan keyin asab tizimiga foydali ta’sir ko‘rsatadi, charchoqni ketkazadi va xolsizlikdan saqlanishga yordam beradi.

    Qahvaxonada, agar ular assortimentda taqdim etilgan bo‘lsa, qahva, meva yoki yangi pishiriqlarning hidlarini ishlatish yaxshiroqdir. Bu hidlar tashrif buyuruvchilarning ishtahasini qo‘zg‘atadi va charchatgan mashg‘ulotlardan keyin tetiklanishga taklif qiladi.

    Fitness markazidagi noxush hidlarni yo‘q qilish

    Har bir fitnes-klub yoqimsiz hidlar muammosiga duch keladi: ter, dezodorantlar, hovuzdagi namlik va xlorli moddalar, jismoniy mashqlar uskunalaridan o‘ziga xos hid va boshqalar. Bunday muhit salbiy ta’sir ko‘rsatadi va nozik sezgiga ega bo‘lgan mijozlarni hatto voz kechishga olib kelishi mumkin.

    Bu nafaqat yoqimsiz hidni nafaqat yashirish, balki uni butunlay bartaraf etish juda muhimdir.

    Fitnes klublarini xushbo‘ylantirish uchun uskunalar

    Har bir fitnes-klub yoqimsiz hidlar muammosiga duch keladi: ter, dezodorantlar, hovuzdagi namlik va xlorli moddalar, jismoniy mashqlar uskunalaridan o‘ziga xos hid va boshqalar. Bunday muhit salbiy ta’sir ko‘rsatadi va nozik sezgiga ega bo‘lgan mijozlarning hatto voz kechishiga olib kelishi mumkin.

    Bu nafaqat yoqimsiz hidni nafaqat yashirish, balki uni butunlay bartaraf etish juda muhimdir.

    Fitnes klublarini xushbo‘ylantirish uchun uskunalar

    Mahalliy xushbo‘ylantirish. Kichik va o‘rta quvvatli aroma mashinalari sport klubining muhim joylarini xushbo‘ylantirish uchun ishlatiladi: resepshn, yechinish xonalari.

    Umumiy xushbo‘ylantirish. Bunday holda, yanada kuchli xushbo‘ylantirish mashinalari qo‘llaniladi, bu esa murakkab tartibli xonalarni yoki bitta qurilma bilan juda katta maydonni xushbo‘ylantirish imkonini beradi.

    Professional havo xushbo‘ylantiruvchilari dasturlash funktsiyasi bilan jihozlangan: ular sport klubining jadvaliga muvofiq avtomatik ravishda yoqiladi va o‘chiriladi xamda kerakli darajadagi hid intensivligini saqlaydi. Buning yordamida aromatik suyuqlik tejamliroq sarf qilinadi va xodimlarning qurilmani yoqish yoki o‘chirishni unutish ehtimoli yo‘qoladi.

    Xulosa qilish

    Fitnes markazini malakali xushbo‘ylantirish tashrif buyuruvchilarga zarur tetiklik zaryadini beradi va har bir xonada kerakli kayfiyatni yaratadi. Bundan tashqari, u mashg‘ulotlardan keyingi charchoqni ketkazishga va klubga tashrif buyurishdagi yoqimli xotiralarni saqlashga yordam beradi. Va bu juda muhim, chunki sport zavq berishi kerak.

    Shunday qilib, sport zalida, trenajer zalida, suzish havzasidagi havoni ajoyib iforlar bilan to‘yintirish mijozlarni fitnes markaziga qanday jalb qilish va ularni u yerda olib qolish masalasini hal qilishni ancha osonlashtiradi.

    Har bir brendning o'ziga xos ifori bo'lishi kerak