Avtosalonlar - Aromalux У каждого бренда должен быть свой аромат
  • Oʻzbek
  • Русский
  • Avtosalon uchun aromamarketing

    + Yoqimli muhit – mijozlar yoqimli hidga ega avtosalonda o‘zlarini qulayroq his qilishadi va unda 30% ko‘proq vaqt sarflashadi.

    + Sifatni idrok etish – Qimmatbaho yog‘och va yumshoq carm hidlari sotuvga qo‘yilgan avtomobillarning sifatini idrok etishni oshiradi.

    + Xarid qilishga tayyorlik – Qulay muhit mijozlar qaror qabul qilishini osonlashtiradi, bu esa avtomobil sotib olish imkoniyatini 6-14% ga oshiradi.

    + Sotuvni oshirish – Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, xushbo‘y hidlardan foydalanadigan avtosalonlar sotuvlarni o‘rtacha 7% ga oshiradi.

    + Yoqimsiz hidlarni yo‘q qilish – Xaridorlar o‘rtasida rad yetishga olib keladigan barcha yoqimsiz hidlar (rezina, plastmassa, yoqilg‘i-moylash materiallari) 100% zararsizlantiriladi.

    Avtosalonlar uchun iforlar

    Avtosalonlarning ichki qismini xushbo‘y qilishning asosiy vazifasi mijozlar uchun qulay, jozibali muhit yaratishdir. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bunday muhitda ular 30% ko‘proq vaqt sarflashadi va sotib olish to‘g‘risida qaror qabul qilish 10% ga osonroq kechadi.

    «Yoqimli intereri xushbo‘y hidli salonlarda xaridorlar ko‘proq vaqt sarflashadi va sub’yektiv ravishda avtomobillarni yaxshiroq va qimmatroq deb baholaydilar.»

    Yana bir boshqa vazifa – brendning asosiy g‘oyasini ta’kidlash: bu sifat, qulaylik, dinamizm, obro‘, hashamat, ekologik yoki boshqa muhim xususiyat bo‘lishi mumkin.

    Avtosalonlar uchun qanday iforlar mos keladi

    Yog‘ochning nozik va salqin ignabarglilar hidlari xotirjamlik tuyg‘usini beradi, avtomobillarning ishonchliligi va sifatini namoyish yetadi.

    Brend obro‘sini ta’kidlash uchun sandal daraxti, yumshoq carm va tamaki barglarining ajoyib hidlari tavsiya etiladi. Sitrusning yorqin va tetiklantiruvchi notalari savdo markasining sport yoki yosh xarakterini sezdirmay ta’kidlaydi.

    Ko‘k va oq choy, aloe va yangi o‘tloq o‘tlarining iforlari ekologik toza mahsulot qiyofasini hosil qiladi. Ular atrof-muhitga g‘amxo‘rlik qiluvchi xaridorlarni jalb qiladi va shuning uchun benzinli dvigatelli avtomobillardan voz kechib elektromobillarga o‘tishadi.

    Qahva, dolchin va vanilning ishtahani ochuvchi hidlari, qahvaxona savdosini oshiradi, agar u avtosalonda bo‘lsa xamda qulay va jozibali muhit yaratishga ijobiy hissa qo‘shadi.

    Laundj-zona va muzokaralar zalida yangi pishirilgan kofe, obro‘li oq choy va shokoladning yoqimli hidlari mijozlarning ko‘nglini ko‘tarishga, qimmatbaxo xaridlar qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga va o‘zlarini ishonchli his qilishga va sizga mijozlarni avtosalonga jalb qilishga yordam beradi.

    Avtosalonda noxush hidlarni yo‘q qilish

    Avtosalonni xushbo‘y qilishning yana bir muhim afzalligi – barcha texnik hidlarni to‘liq yo‘q qilishdir: kauchuk, plastmassa, yoqilg‘i, bo‘yoq va boshqalar. Bu hidlar ko‘pchilik salonlarda mavjud bo‘lib, mijozlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi: sezgir odamda bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi va xolsizlik bo‘lishi mumkin. Bu holatda siz endi jiddiy xarid haqida qaror qabul qilishni xohlamaysiz. Havoni yoqimsiz hidlardan tozalash uchun aroma mashinalarida yoqimsiz hidlarni butunlay yo‘q qiladigan maxsus modda – absorbent-neytralizator mavjud.

    Avtosalonni xushbo‘y qilish uchun uskunalar

    Avtosalonlar uchun aroma mashinalar xonaning hajmi va vazifani hisobga olgan holda tanlanadi. Eng yaxshi variant ko‘pincha o‘rta quvvatli uskunalardir. Bir nechta zonalarga ega bo‘lgan katta xonada turli xil aroma mashinalarni o‘rnatish yaxshiroqdir: ko‘rgazma zali uchun – ko‘proq quvvat, dam olish xonasi va yig‘ilish xonasi uchun – kichikroq, ammo turli xil iforlar bilan. Agar faqat kirish joyini qamrab olish kerak bo‘lsa, kam quvvatli qurilmalardan foydalanish mumkin.

    Professional havo xushbo‘ylantiruvchilari dasturlash funksiyasi bilan jihozlangan: ular avtosalon ish jadvaliga muvofiq avtomatik ravishda yoqiladi va o‘chriladi xamda kerakli darajada hid intensivligini saqlaydi. Buning yordamida xushbo‘y suyuqlik tejamliroq ishlatiladi va xodimlarning qurilmani yoqish yoki o‘chirishni unutish ehtimoli yo‘qoladi.

    Sozlamalarni har kuni o‘zgartirish shart emas, kerakli ish rejimi eng boshida o‘rnatiladi. Keyin faqat vaqti-vaqti bilan kartrijni almashtirishingiz kerak. Qurilmalar o‘lchamlari bo‘yicha ixcham, ular uchun alohida xona ajratish va hatto xonada bo‘sh joy bo‘shatish shart emas. Siz ularni stolga, javonga, istalgan joyga qo‘yishingiz mumkin. Aroma mashinalari zamonaviy neytral dizaynga ega va siz oq, qora yoki po‘lat rangidan birini tanlashingiz mumkin.

    Professional xushbo‘ylantiruvilar sovuq bug‘lanish printsipi asosida ishlaydi. Bu sog‘liq uchun xavfsiz usul. Uskunalar arzon, har qanday kompaniya uni sotib olishi mumkin.

    Har bir brendning o'ziga xos ifori bo'lishi kerak