delta, Автор в Aromalux У каждого бренда должен быть свой аромат
  • Oʻzbek
  • Русский
  • Tadbirlar

    Tadbirlarni xushbo‘y qilish

    + Tadbir atmosferasiga sho‘ng‘ish – mavzuga mos bo‘lgan xushbo‘y hid yordamida siz tadbir atmosferasini ta’kidlashingiz va odamlarga unga sho‘ng‘inishga yordam berishingiz mumkin.

    + E’tiborni jalb qilish – to‘g‘ri tanlangan xushbo‘y hid xaridorlar va mijozlar e’tiborini stend, pavilon, do‘kon va hokazolarga jalb qilishi mumkin.

    + Ijobiy his-tuyg‘ular – yoqimli interer hidlari kayfiyatni yaxshilaydi va mehmonlarda yaxshi taassurot qoldiradi.

    + Sotuvni oshirish – iforlar yordamida sotishni ular taqdim etilayotgan joyda rag‘batlantirish mumkin (masalan, oziq-ovqat sohasida).

    + Yoqimsiz hidlarni yo‘q qilish – mijozlar yoki mehmonlar orasida rad etishga olib keladigan barcha yoqimsiz hidlarni 100% zararsizlantiradi.

    Tadbirlar uchun iforlar

    Tadbirlar xushbo‘yligini ta’minlash mashhurlik kasb etayotgan vosita bo‘lib, hozir bo‘lgan va o‘tib ketayotgan odamlarni tadbirning o‘ziga xos muhitiga cho‘mdirish imkonini beradi. Bu tijorat mahsuloti yoki xizmatining taqdimoti yoxud har qanday bayramning xushbo‘yligi bo‘lishi mumkin: to‘ylar, tug‘ilgan kunlar va hk.

    Tijorat sohasida to‘g‘ri tanlangan xushbo‘y ifor odamlarni umumiy oqimdan «tutib olishi» mumkin. Bu, tashkilotning stendiga yoki paviloniga e’tibor qaratishingiz kerak bo‘lgan, ayniqsa, savdo markazlari, ko‘rgazmalar va yarmarkalar uchun to‘g‘ri keladi,.

    Buning uchun tanlangan hid kerakli atmosferani yoki assotsiatsiyani yaxshi yetkazishi muhimdir. Masalan, “Charli va shokolad fabrikasi” filmi namoyishi chog‘ida ba’zi teatrlardagi reklama taxtalari sutli shokolad isi bilan xushbo‘ylantirilgan edi.

    Treninglarni xushbo‘y qilish

    Trening va seminarlarda tinglovchilarning kontsentratsiyasini oshirish, ularning charchoqlarini ketkazish va zerikishlarini kamaytirish foydalidir. Bunda yangi o‘rmon, dengiz va ba’zi gul iforlari yordam beradi. Sersuv sitrus kompozitsiyalari, shuningdek, tinglovchilarni ko‘nglini ko‘tarishga yordam beradi va ularni zarur quvvat va energiya bilan ta’minlaydi.

    Bayramona muhit

    To‘ylar, ziyofatlar va boshqa bayramlar xushbo‘ylantirish uchun ajoyib maydon bo‘lib, buning natijasida tadbir atmosferasi yanada chuqurroq xamda xotiralar yanada yorqinroq va esda qolarliroq bo‘lishi mumkin.

    Nozik va romantik gullar kompozitsiyasi to‘ylar uchun mos keladi. Kechalar yoki bayram uchun xushbo‘y hidni tanlashda, tadbir mavzusini hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Bolalar, agar bayram ular uchun bo‘lsa, banan, karamel, babl-gama va boshqa shirinliklarning ta’mini yoqtirishadi.

    Yangi yil davrida mandarin, qarag‘ay ignalari va glintveyn islari juda samarali.

    Tadbirlar vaqtida noxush hidlarni yo‘q qilish

    Muhim voqea paytida mehmonlar yoki mijozlar tomonidan seziladigan yoqimsiz hidlar ularning salbiy munosabatiga va hatto rad etishiga olib kelishi mumkin. Barcha yoqimsiz hidlarni va ularning salbiy ta’sirini 100% neytrallash uchun maxsus absorbent-neytralizator qo‘llaniladi.

    Xulosa qilish

    Hodisalarni xushbo‘y qilish – bu hozir bo‘lganlarni sodir bo‘layotgan muhitga singdirish, boshqalarning e’tiborini jalb qilish va yorqin, unutilmas taassurotlarni berishga yordam beradigan favqulodda, ammo samarali vosita!

    Uy va xonadonlar

    Xonadonlar va uylarni xushbo‘y qilish

    + Qulay atmosfera – 96% odamlar yoqimli hidning kayfiyat va farovonlikka ijobiy ta’sirini qayd etishadi.

    + Tetiklik va yaxshi kayfiyat – surovnomada qatnashganlarning 89% sitrus, olma va tarvuz hidlari kayfiyatni ko‘tarishini va tinchlantirishini ta’kidlaydilar.

    + Asab tarangligi va charchoqni ketkazishi – apelsin, lavanda va yalpizning xushbo‘y hidlari psixologik charchoq darajasini pasaytiradi va ish kunidan keyin tiklanishga yordam beradi.

    + Yoqimsiz hidlarni yo‘q qilish – barcha yoqimsiz hidlar (sigaret, hojatxona, ta’mirlash va boshqalar) 100% neytrallanadi.

    Uy uchun interer iforlari

    Xushbo‘y hidlarning odamga ta’sirini ortiqcha baholash qiyin. Ular bizning kayfiyatimizga, jismoniy faoliyatimizga va aqliy holatimizga ta’sir qilishi mumkin. Qadim zamonlardan beri uyni xushbo‘y qilish shinam uy muhitining ajralmas qismi bo‘lib kelgan.

    Misol uchun, g‘amxo‘r uy bekalari inson asab tizimiga foydali ta’siri bilan mashhur bo‘lgan uyqusizlikka qarshi kurashish uchun lavanda iforidan foydalanganlar. Sersuv sitrus xidlari tinchlantiradi va kayfiyatimizni yaxshilaydi.

    Xonadon yoki uy uchun iforni qanday tanlash mumkin

    Xushbo‘y hidni tanlashda siz birinchi navbatda o‘zingizning ta’bingizga, oila a’zolarning o‘rniga va kerakli bo‘lgan ta’sirga e’tibor qaratishingiz kerak. Hidlar tinchlantirishi, tetiklashi, kayfiyatni ko‘tarishi, aqliy faoliyatini yaxshilashi, iliq, shinam muhit yaratishi va hatto intererning nafisligini ta’kidlashi mumkin.

    Agar siz dam olishingiz, ortiqcha asabiy taranglikni bartaraf qilishingiz va uyquni yaxshilashingiz kerak bo‘lsa, lavanda, ko‘k choy, vanil yoki sandal daraxtining nozik hidlari yordam beradi. Bu hidlar yotoqxonaning intereriga juda mos keladi. Sitrus mevalarining tetiklantiruvchi va tinchlantiruvchi notalari kayfiyatni yaxshilash va yengil, quvnoq muhit yaratish uchun foydali bo‘ladi. Ular, shuningdek, aqliy faoliyatga foydali ta’sir ko‘rsatadi, ularni mehmonxona yoki ofis uchun mos keladi.

    Do‘konlar uchun qanday hid guruhlari mos keladi

    Qahva, pishiriqlar, qandolatlar va dolchinning iliq xushbo‘y hidlari uy sharoitida qulay muhit yaratishga yordam beradi. Bu hidlar ko‘pchilikka yoqadi va oshxona, mexmon kutish xonasi yoki ovqatlanish xonasi uchun juda yaxshi sanaladi. Ushbu xususiyatdan xonadon va uylarni namoyish qilishda riyeltorlar ham foydalanishadi, bu esa uylarni sotish imkoniyatini oshiradi.

    Shuningdek, siz shaxsiy istaklar asosida xushbo‘y hidni tanlashingiz yoki xonaning dizayni bilan uyg‘unlashgan nafis ichki kompozitsiyani tanlashingiz mumkin. Masalan, bu gullarning yengil notalari, yog‘ochning olijanob akkordlari, yumshoq carm, salqin dengiz hidlari va boshqalar bo‘lishi mumkin.

    Uyingizdagi yoqimsiz hidlarni yo‘q qilish

    Qulay va yoqimli muhit yaratishdan tashqari, xushbo‘ylik ham xonadonda yoki uyda yoqimsiz hidlar muammosini hal qiladi. Buning uchun xushbo‘y suyuqliklarga maxsus absorbent-neytralizator qo‘shiladi, u hatto sigaretning, oshxonaning, hayvonlarning, hojatxonaning, eskirganlik, ta’mirlanishi va hokazolarning singib ketgan hidlarini xam 100% ga yo‘q qiladi.

    Uylar va xonadonlarni xushbo‘y qilish uchun uskunalar

    Eng kichik quvvatga ega aroma mashinalari ko‘pincha uy yoki xonadon uchun mos keladi. Maxsus nano-diffuziya texnologiyasi tufayli qurilmalar xona bo‘ylab xushbo‘y havoni bir tekis taqsimlaydi. Bundan tashqari, aroma mashinalari, aerozollardan farqli o‘laroq, mebel, oziq-ovqat yoki interer buyumlarida qoldiq va boshqa izlarni qoldirmaydi.

    Bunday qurilmalarning yana bir muhim afzalligi shundaki, tarqatilgan xushbo‘y hid mutlaqo tabiiy va xojatxona spreyidagi kabi hech qanday kimyoviy qo‘shimchalarsiz taraladi.

    Aroma mashinalari dasturlash funktsiyasi bilan jihozlangan va avtomatik rejimda ishlaydi. Misol uchun, ish kunlarida qurilma o‘z-o‘zidan faqat kechqurun, egalari uyda bo‘lganda yoqilishi mumkin, dam olish kunlari esa tunda kutish rejimiga o‘tib, kun bo‘yi ishlashi mumkin.

    Avtosalonlar

    Avtosalon uchun aromamarketing

    + Yoqimli muhit – mijozlar yoqimli hidga ega avtosalonda o‘zlarini qulayroq his qilishadi va unda 30% ko‘proq vaqt sarflashadi.

    + Sifatni idrok etish – Qimmatbaho yog‘och va yumshoq carm hidlari sotuvga qo‘yilgan avtomobillarning sifatini idrok etishni oshiradi.

    + Xarid qilishga tayyorlik – Qulay muhit mijozlar qaror qabul qilishini osonlashtiradi, bu esa avtomobil sotib olish imkoniyatini 6-14% ga oshiradi.

    + Sotuvni oshirish – Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, xushbo‘y hidlardan foydalanadigan avtosalonlar sotuvlarni o‘rtacha 7% ga oshiradi.

    + Yoqimsiz hidlarni yo‘q qilish – Xaridorlar o‘rtasida rad yetishga olib keladigan barcha yoqimsiz hidlar (rezina, plastmassa, yoqilg‘i-moylash materiallari) 100% zararsizlantiriladi.

    Avtosalonlar uchun iforlar

    Avtosalonlarning ichki qismini xushbo‘y qilishning asosiy vazifasi mijozlar uchun qulay, jozibali muhit yaratishdir. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bunday muhitda ular 30% ko‘proq vaqt sarflashadi va sotib olish to‘g‘risida qaror qabul qilish 10% ga osonroq kechadi.

    «Yoqimli intereri xushbo‘y hidli salonlarda xaridorlar ko‘proq vaqt sarflashadi va sub’yektiv ravishda avtomobillarni yaxshiroq va qimmatroq deb baholaydilar.»

    Yana bir boshqa vazifa – brendning asosiy g‘oyasini ta’kidlash: bu sifat, qulaylik, dinamizm, obro‘, hashamat, ekologik yoki boshqa muhim xususiyat bo‘lishi mumkin.

    Avtosalonlar uchun qanday iforlar mos keladi

    Yog‘ochning nozik va salqin ignabarglilar hidlari xotirjamlik tuyg‘usini beradi, avtomobillarning ishonchliligi va sifatini namoyish yetadi.

    Brend obro‘sini ta’kidlash uchun sandal daraxti, yumshoq carm va tamaki barglarining ajoyib hidlari tavsiya etiladi. Sitrusning yorqin va tetiklantiruvchi notalari savdo markasining sport yoki yosh xarakterini sezdirmay ta’kidlaydi.

    Ko‘k va oq choy, aloe va yangi o‘tloq o‘tlarining iforlari ekologik toza mahsulot qiyofasini hosil qiladi. Ular atrof-muhitga g‘amxo‘rlik qiluvchi xaridorlarni jalb qiladi va shuning uchun benzinli dvigatelli avtomobillardan voz kechib elektromobillarga o‘tishadi.

    Qahva, dolchin va vanilning ishtahani ochuvchi hidlari, qahvaxona savdosini oshiradi, agar u avtosalonda bo‘lsa xamda qulay va jozibali muhit yaratishga ijobiy hissa qo‘shadi.

    Laundj-zona va muzokaralar zalida yangi pishirilgan kofe, obro‘li oq choy va shokoladning yoqimli hidlari mijozlarning ko‘nglini ko‘tarishga, qimmatbaxo xaridlar qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga va o‘zlarini ishonchli his qilishga va sizga mijozlarni avtosalonga jalb qilishga yordam beradi.

    Avtosalonda noxush hidlarni yo‘q qilish

    Avtosalonni xushbo‘y qilishning yana bir muhim afzalligi – barcha texnik hidlarni to‘liq yo‘q qilishdir: kauchuk, plastmassa, yoqilg‘i, bo‘yoq va boshqalar. Bu hidlar ko‘pchilik salonlarda mavjud bo‘lib, mijozlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi: sezgir odamda bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi va xolsizlik bo‘lishi mumkin. Bu holatda siz endi jiddiy xarid haqida qaror qabul qilishni xohlamaysiz. Havoni yoqimsiz hidlardan tozalash uchun aroma mashinalarida yoqimsiz hidlarni butunlay yo‘q qiladigan maxsus modda – absorbent-neytralizator mavjud.

    Avtosalonni xushbo‘y qilish uchun uskunalar

    Avtosalonlar uchun aroma mashinalar xonaning hajmi va vazifani hisobga olgan holda tanlanadi. Eng yaxshi variant ko‘pincha o‘rta quvvatli uskunalardir. Bir nechta zonalarga ega bo‘lgan katta xonada turli xil aroma mashinalarni o‘rnatish yaxshiroqdir: ko‘rgazma zali uchun – ko‘proq quvvat, dam olish xonasi va yig‘ilish xonasi uchun – kichikroq, ammo turli xil iforlar bilan. Agar faqat kirish joyini qamrab olish kerak bo‘lsa, kam quvvatli qurilmalardan foydalanish mumkin.

    Professional havo xushbo‘ylantiruvchilari dasturlash funksiyasi bilan jihozlangan: ular avtosalon ish jadvaliga muvofiq avtomatik ravishda yoqiladi va o‘chriladi xamda kerakli darajada hid intensivligini saqlaydi. Buning yordamida xushbo‘y suyuqlik tejamliroq ishlatiladi va xodimlarning qurilmani yoqish yoki o‘chirishni unutish ehtimoli yo‘qoladi.

    Sozlamalarni har kuni o‘zgartirish shart emas, kerakli ish rejimi eng boshida o‘rnatiladi. Keyin faqat vaqti-vaqti bilan kartrijni almashtirishingiz kerak. Qurilmalar o‘lchamlari bo‘yicha ixcham, ular uchun alohida xona ajratish va hatto xonada bo‘sh joy bo‘shatish shart emas. Siz ularni stolga, javonga, istalgan joyga qo‘yishingiz mumkin. Aroma mashinalari zamonaviy neytral dizaynga ega va siz oq, qora yoki po‘lat rangidan birini tanlashingiz mumkin.

    Professional xushbo‘ylantiruvilar sovuq bug‘lanish printsipi asosida ishlaydi. Bu sog‘liq uchun xavfsiz usul. Uskunalar arzon, har qanday kompaniya uni sotib olishi mumkin.

    Ofislar va biznes markazlari

    Ofislar va biznes markazlari uchun aromamarketing

    Zamonaviy ofis – doimiy ish uchrashuvlari, taqdimotlar, uchrashuvlar va ko‘plab odamlarning mashaqqatli mehnati. Ofisni malakali xushbo‘ylantirish xodimlarning ish samaradorligiga, mijozlarning brendga sodiqligini shakllantirishga va hamkorlar bilan ishonchli munosabatlarni o‘rnatishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

    Ofis xushbo‘yligi o‘zi nima

    Aromaterapiya g‘oyasi ming yillar davomida ma’lum, ammo ish joyida qulay muhit yaratish uchun iforlardan foydalanish nisbatan yaqinda paydo bo‘ldi.

    Dunyodagi eng qadimgi va yirikligi bo‘yicha to‘rtinchi urindagi yapon kosmetika kontserni Shiseido o‘z ofislarida maxsus ishlab chiqilgan xushbo‘y essentsiyadan foydalanadi, bu esa xodimlarining xatolarini 54 foizga kamaytiradi.

    To‘g‘ri tanlangan ichki xushbo‘ylantirish xodimlarning ish qobiliyatini oshiradi, ularga kontsentratsiyani uzoqroq saqlashga imkon beradi, charchoqni kamaytiradi, yangi ma’lumotlarni idrok etishni yaxshilaydi va vazifalarni bajarishda xatolar sonini kamaytiradi. Oxir oqibat, bu tashkilotning samaradorligiga ijobiy ta’sir qiladi.

    Xodimlar uchun ofis iforlari

    Ofis uchun iforni tanlash o‘zingiz uchun qo‘ygan vazifalarga bog‘liq.

    Jasmin, choy daraxti, zanjabil va archa hidlari miya faoliyatini yaxshilashga yordam beradi. Aqliy hujum va yuqori intellektual sarf qilishni talab qiladigan ish sharoitlari uchun javob beradi.

    Rayxon va neroli hidlari ish samaradorligini oshiradi.
    Lavanda, shalfey, evkalipt va rozmarin xotirani yaxshilaydi.
    Rayhon, yevkalipt, yalpiz, limon va qahvaning xushbo‘y hidlari tetiklantiradi va uyquchanlikni bartaraf qiladi.

    Zira, lavanda va melissa roxatlanishga va osoyishtalikni his qilishga yordam beradi. Dam olish xonasi uchun ideal variant.

    Vanil, yashil olma va shokoladning xushbo‘yligi sotuvni ko‘paytirish uchun ishlatilishi mumkin: u serotonin – baxt gormoni ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi, quvonch, xotirjamlikni his qilishga va ong ostida ishonch tuyg‘usini yaratishga yordam beradi. Sitrus, vanil, lavanda va yalpiz islari ofisdagi ish muhitiga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Ularga qo‘shimcha ravishda, yog‘ochning nozik xidi va musaffo dengiz kompozitsiyalari ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

    Mijozlar uchun ofis iforlari

    O‘ylab chiqilgan atmosfera, shuningdek, binolarning dizayni muzokaralar uchun qulay muhit yaratadi, chunki odam ong ostida yoqimli hidga ega bo‘lgan joyga ko‘proq ishonadi.

    Sandal daraxti, carm, kedr, hind daraxtlari, sharqona ziravorlar va anjirning maqomdagi xushbo‘y hidlari o‘zlarini barqaror, ishonchli brend sifatida ko‘rsatadigan kompaniyalar ofislari uchun mos keladi. Yengil dengiz shabadasi, oq nilufar yoki bodringning musaffo hidlari yosh xarakatchan jamoa mexnat qiladigan ofisini xushbo‘ylash uchun mos keladi.

    Kofe, yashil olma, sitrus mevalari, bergamot va oq sharobning yorqin tinchlantiruvchi xidlari ijodiy kompaniya yoki digital-agentlik uchun mos keladi.

    Nike kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra, xaridorlar xushbo‘y va hidsiz bo‘lim o‘rtasida tanlovga ega bo‘lganida, odamlarning 84 foizi xushbo‘y savdo do‘konida xarid qilishni afzal ko‘radi, hatto u yerda narxlar 10-20 foizga yuqori bo‘lsa xam.

    Aromatik kompozitsiyani purkash to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish joyidan boshlanishi kerak – bu o‘tayotgan odamlarni jalb qiladi. Va agar muassasa savdo markazida joylashgan bo‘lsa, unda uning xushbo‘yligi uni ajralib turishiga, chegaralarni belgilashiga imkon beradi. Negaki, savdo markazlari ko‘pincha oziq-ovqat do‘koni, poyabzal butiki, kitob do‘koni, maishiy kimyo bo‘limi va ularning tovar hidlari aralashmasi bilan birga bo‘lib, xaridorlarni assortimentni o‘rganishdan ko‘ra, tezda chiqib ketishga undaydigan noxush aralashmani yaratadi.

    Ofisdagi yoqimsiz hidlarni yo‘q qilish

    Yoqimsiz hidlar noqulaylik tug‘dirishi mumkin, ham xodimlarda, ham mijozlarda rad yetish xissini uyhotadi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi va hatto og‘ir migrenlarni qo‘zg‘atadi. Ter, deodorantlar, oziq-ovqat, tamaki, hojatxona, chiriyotgan va boshqalarning hidlari ofis atmosferasiga salbiy ta’sir qiladi.

    Bu nafaqat yoqimsiz hidni niqoblash, balki uni butunlay neytrallash juda muhimdir. Shu maqsadda aromatik suyuqliklarga maxsus absorbent vositasi qo‘shiladi, bu esa barcha begona hidlarni 100% bartaraf qiladi va ularning mijozlar xamda xodimlarga salbiy ta’sirini yo‘q qiladi.

    Ofis uchun hid beruvchi uskunalar

    Ofislar uchun aromamashinalar binolarning maydonini hisobga olgan holda tanlanadi. Kichkina ofislar va qabulxonani xushbo‘y qilish uchun ko‘pincha kam quvvatli qurilmalardan foydalanish kifoya. Murakkab tartibli xonalarni xushbo‘y qilish uchun umumiy shamollatish tizimiga ulanish kerak bo‘lishi mumkin.

    Professional havo xushbo‘ylantiruvchilari dasturlash funktsiyasi bilan jihozlangan: ular ofis ish jadvaliga muvofiq avtomatik ravishda yoqiladi va o‘chiriladi xamda kerakli darajadagi hid intensivligini saqlaydi. Buning yordamida aromatik suyuqlik tejamliroq sarf qilinadi va xodimlarning qurilmani yoqish yoki o‘chirishni unutish ehtimoli yo‘qoladi.

    Yoqimli interer hidi jo‘shqinlik va yaxshi kayfiyatni beradi, charchoqni ketkazadi, dam olishga yordam beradi va stressdan himoya qiladi. Ofislar va biznes markazlarni xushbo‘ylantirish ko‘plab ish vazifalarini hal qiladi va kompaniyaning raqobatchilar orasida mavqeini mustahkamlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

    Mehmonxona va otellar

    Mehmonxona va otellar uchun aromamarketing

    Har bir mehmonxona egasi mehmonxona biznesida interer qanchalik muhimligini tushunadi. Marketing xizmati sharoit mehmonxona sinfini belgilashini va bu masalada hech qanday arzimas narsa yo‘q ekanligini biladi. Mehmonlar dam olishdan to‘liq zavq olishlari uchun ular uchun eng qulay va shinam muhitni yaratishlari kerak. Uni yaratish vositalaridan biri xushbo‘y interer hisoblanadi. Xushbo‘y hidlar yordamida siz mehmonlarning his-tuyg‘ularini boshqarishingiz, yoqimli tuyg‘ularni uyg‘otishingiz va shu bilan mehmonxonangizga yangi mijozlarni jalb qilishingiz mumkin.

    Mehmonxona uchun iforni qanday tanlash mumkin

    G‘arbda intererni xushbo‘ligini ta’minlash uzoq vaqtdan beri yuqori sifatli mehmonxona xizmatining majburiy atributi bo‘lib kelgan xamda Four Seasons Hotel, Sheraton, Hilton, Hyatt, InterSontinental va Holiday Inn kabi gigantlar tomonidan qo‘llaniladi. Shunga qaramay, qandaydir yoqimli hidni qo‘llash yetarli emas, u mehmonxonaning ichki qismiga mutanosib bo‘lishi kerak.

    Qahvaning iliq va shinam xushbo‘yligi mijozni lobbida yoki qabulxona to‘sig‘idan kutib olishi mumkin.

    Yumshoq carm va daraxtlarning purviqor navlarining hidlari klassik interyerga juda mos keladi.

    Anjir, ko‘k choy va oq sharobning nafis xushbo‘y hidlari har qanday intererga uyg‘un ravishda mos kela oladigan universal kompozitsiyalardir.

    Musaffo va nozik gullar ifori sitrusning yengil notalari yoki dengiz kollektsiyasining iforlari bilan mexmonni o‘z xonasigacha kuxatib borishi lozim. Ular interyerning noyobligini ta’kidlaydi va kristaldek tozalik tuyg‘usini yaratadi.

    SPA va faol dam olish joylari uchun iforlar

    Ko‘pgina mehmonxonalar va otellar o‘zlarining spa-markazlariga ega bo‘lib, u yerda mehmonlar sog‘lig‘i uchun foydali dam olishlari va xordiq chiqarishlari mumkin.

    Asab tizimiga foydali ta’sir ko‘rsatadigan lavanda, ko‘k choy, o‘rilgan o‘t, sitrus va yalpiz xidlari tinch dam olish muhitini yaratishga yordam beradi.

    Apelsin, yashil olma, tarvuz va bergamotning tetiklantiruvchi notalari kayfiyatni ko‘taradi, shuningdek musaffolik baxsh etadi va tintlantiradi. Ular faol dam olish joylari va fitnes markazini xushbo‘ylantirish uchun juda mos keladi.

    Mehmonxonadagi noxush hidlarni yo‘q qilish

    Holiday Inn tarmog‘i rahbariyati tomonidan 2000 yilda o‘tkazilgan marketing tadqiqoti mijozlar uchun mehmonxona xizmatidagi eng kechirib bo‘lmaydigan kamchiliklarni aniqlash vazifasini qo‘ydi. 1500 dan ortiq mehmonlar ishtirokida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, mehmonlarning ko‘pchiligini xodimlar malakasining pastligi yoki tashqaridagi shovqinlar emas, balki xonalardagi yoqimsiz hid bezovta qilgani ma’lum bo‘ldi.

    Mehmonxonalarda yoqimsiz hidning ko‘plab manbalari bo‘lishi mumkin: sigaret tutuni, restoran oshxonasi, avvalgi mehmonlar va ularning uy hayvonlari, ta’mirlash, namlik, oshxona yoki avtoturargohga noqulay yaqinlik. Hatto yaxshi shamollatish tizimi ham har doim ham bunday muammoni bartaraf eta olmaydi. Natijada, mehmonlaringizni uchun nafaqat kayfiyati, balki sog‘lig‘i ham yomonlashishi mumkin – yoqimsiz hid bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi va hatto migrenni qo‘zg‘atishi mumkin. Natijada, dam olish xavf ostida – mehmonxonaga tashrif buyurgan odam azob chekadi va imkon qadar tezroq uyga qaytish yoki boshqa joyga ko‘chib o‘tishni orzu qiladi.

    Yoqimsiz hidni nafaqat niqoblash, balki uni butunlay bartaraf etish juda muhimdir. Bunga erishish uchun xushbo‘y suyuqliklarga maxsus absobent vositasi qo‘shiladi, bu sizning mehmonlaringizni tinchlangan va qulay his qilishlariga to‘sqinlik qiladigan barcha begona hidlarni 100% yo‘q qiladi.

    Xonalarni tozalashda kichik mobil havo spreylaridan foydalanish foydalidir. Qisqa vaqt ichida, farroy tozalash paytida, absorbent vositasining ta’siri xona bo‘ylab tarqalib, eng qiyin joylarga kirib boradi va hatto mebel xamda devorlarga singgan yoqimsiz hidlarni ham yo‘q qiladi. Bu, ayniqsa, chekish xonalari bo‘lgan mehmonxonalar va otellar uchun, shuningdek, uy hayvonlariga ruxsat beruvchilar uchun to‘g‘ri keladi.

    Mehmonxonalarni xushbo‘ylantirish uchun uskunalar

    Qulay va shinam muhit yaratishning eng yaxshi usuli mehmonxonaning muhim hududlarini xududiy xushbo‘ylantirish bo‘ladi. Kichik va o‘rta quvvatdagi aroma mashinalari mehmonxona lobbilari, shuningdek, zallar va zinapoyalar uchun javob beradi. Murakkab tuzilmali xonalarni xushbo‘ylantirish qilish uchun uskunani umumiy shamollatish tizimiga ulashingiz mumkin. Har bir xona kichik joylar uchun ixcham va arzon aroma mashinasi bilan jihozlanishi mumkin. Qurilma devorga biriktiriladi, batareyalar yoki akkumulyatorda ishlaydi va 5 kvadrat metrdan 20 kvadrat metrgacha bo‘lgan maydonni qoplash imkoniyatiga ega.

    Hatto katta xonalar uchun mo‘ljallangan aroma mashinalari ham ko‘p joy egallamaydi. Ular uchun kichik burchak, stol, shkaf yoki javondagi joy yetarli bo‘ladi. Barcha qurilmalar lakonik dizaynda ishlab chiqarilgan, ularni niqoblash shart emas, chunki ular har qanday intererga osongina mos tushadi. Siz bir nechta rang variantlarini tanlashingiz mumkin: oq, qora, po‘lat.

    Professional havo xushbo‘ylantiruvchilari dasturlash funktsiyasi bilan jihozlangan: ular kerakli vaqtda avtomatik ravishda yoqiladi va o‘chadi xamda xushbo‘y hidning intensivligini optimal darajasini saqlab turadi. Buning yordamida aromatik suyuqlik tejamliroq sarf qilinadi va xodimlarning qurilmani yoqish yoki o‘chirishni unutish ehtimoli yo‘qoladi. Qurilmani kerakli rejimga bir marta dasturlash kifoya qiladi va kartrijni almashtirish kerak bo‘lmaguncha boshqa aralashuvlar talab qilinmaydi. Bu ish qiyin bo‘lmay, uni ustani chaqirmasdan mustaqil ravishda bajarish mumkin. Bitta kartrij bilan qurilma olti oygacha ishlashi mumkin.

    Aroma mashinalarini ayerozollar va diffuzorlar bilan adashtirib yubormang. Boshqa qurilmalardan farqli o‘laroq, aroma mashinalari sovuq xolda purkash usuli bo‘yicha ishlaydi, aroma zarralari kiyim va mebelga joylashmasdan 24 soat davomida havoda qoladi. Bu mutlaqo xavfsiz va xushbo‘y hidi tabiiy va ta’qib qilmaydigan darajada seziladi.

    To‘g‘ri tanlangan xushbo‘y hid kayfiyatni yaxshilaydi, charchoqni oladi va mehmonlarga ular albatta eslab qoladigan alohida g‘amxo‘rlik tuyg‘usini bera oladi. Xushbo‘y marketing mijozlarni mehmonxona va otellarga jalb qilish usullaridan biridir.

    Qahvaxona va restoranlar

    Restoran va qahvaxonalarni xushbo‘ylantirish tashrif buyuruvchilarni jalb qilish va hisobni oshirish usulidir

    Qahvaxona va restoranlar uchun aroma marketingi

    + Sotuvni ko‘paytirish – Mazali xidlar mehmonlarning ishtahani qitiqlaydi, o‘rtacha chek va sotuvlarni 15-60% ga oshiradi.

    + Yangi mijozlarni jalb qilish – ishtaxani ochuvchi hid bilan oldidan o‘tib ketayotgan odamlar oqimidan qo‘shimcha mijozlarni jalb qilishingiz mumkin.

    + Moyillik atmosferasi – mehmonlar yoqimli atmosferaga ega restoran va qahvaxonalarda o‘zlarini qulayroq his qilishadi va ularda o‘rtacha 32% ko‘proq vaqt sarflashadi.

    + Doimiy mijozlar – yoqimli his-tuyg‘ular tashrif buyuruvchilar tomonidan eslab qolinadi, ular tez-tez qaytib kelishadi va vaqt o‘tishi bilan doimiy mijozlar soni ortadi.

    + Yoqimsiz hidlarni yo‘q qilish – mehmonlarning orasida qaytib ketisha olib keladigan barcha yoqimsiz hidlar (oshxona, hojatxona, tamaki tutuni va boshqalar) 100% neytrallashtiriladi.

    Restoran va qahvaxonalar uchun iforlar

    Restoran biznesi professional xushbo‘ylantirish savdoga eng muhim ta’sir ko‘rsatadigan sohalardan biridir. Xushbo‘y hidlar mehmonlarning ishtahasini qitiqlaydi, bu o‘rtacha chekning ko‘payishida aks etadi, shuningdek, o‘tayotgan odamlar oqimidan qo‘shimcha mijozlarni jalb qilish qobiliyatiga ega. Aromamarketingning yana bir muhim yo‘nalishi – bu qahvaxona va restoranlarning ichki xushbo‘ylantirishsi.

    Qahvaxona va restoranlarning atmosferasini yaxshilash uchun qanday hid guruhlari qo‘llaniladi?

    Qahvaning ifori. Zamonaviy odam bu ichimlikni ertalab ham, kechqurun ham ichishga tayyor va havosi qahva bilan to‘yingan muassasa, albatta, esida qoladi.

    Choylarning ifori. Do‘stlar bilan uchrashuvlar, iliq uy muhiti – bu choy uyg‘otadigan uyg‘unliklar. Va u juda qulaylik va samimiyat bo‘lgan joyga kelishni yana va yana xohlaydi.

    Non va pishiriqlarning ifori. Eng jozibali «eyish mumkin bo‘lgan» hidlardan biri – bu mazali ta’mni tatib ko‘rishni xohlash kafolatlangan. Odamlarga shuning uchun xam yoqadi-ki, chunki u bolalikning baxtli onlarini eslatadi, buvi yoki ona oilani xursand qilish uchun shunday unli taomlarni pishirgan.

    Meva va rezavorlarning ifori. Yozni eslatadi va u bilan birga – dam olish, plyaj, sayohat, romantika. Bunday yoqimli uyhunliklar sizni muassasada biroz qolishga majbur qiladi. Va yana – shirinlikni tatib ko‘rishni, chunki uning nafaqat hidini, balki ta’mini ham his qilishni xohlaydi.

    Daraxt-po’stloq ifori. Bu hidlar restoran uchun ajoyib tanlovdir, chunki ular qimmat, ammo shinamlik tuyg‘usini uyg‘otadi.

    Qahvaxonalar uchun ishtaxali xushbo‘y hidlar

    Qahvaxonani ishtahani ochuvchi xushbo‘y hidlar bilan to‘ldirishda asosiy vazifa o‘rtacha chekni oshirish yoki ularning e’tiborini menyudagi ba’zi narsalarga (masalan, shirinliklarga) jalb qilish uchun tashrif buyuruvchilarning ochlik tuyg‘usini qitiqlashdir. Qahva, pishiriqlar, non va shirinliklarning iforlari bu maqsadlar uchun eng mos keladi.

    “Tchibo va Jacobs” o‘z qahvaxonalari atrofidagi havoni yangi qaynatilgan qahva hidi bilan xushbo‘ylantirganlarida, tashrif buyuruvchilar soni o‘rtacha 70-150% ga oshdi.

    Ushbu usulning natijasi nisbatan aniq va deyarli darhol seziladi: cheklardagi pozitsiyalar soni ko‘payadi, xushbo‘y hidga mos keladigan taomlarni sotilishi ko‘payadi, o‘tayotgan oqimdagi odamlar ishtahani ochuvchi hidning manbasiga qiziqishni boshlaydilar.

    Restoranlarning ichki qismini xushbo‘ylantirish

    Bu usul yanada nozik yondashuvni talab qiladi va ko‘pincha restoranlarda qo‘llaniladi. Bunday holda, asosiy maqsad muassasaning ichki qismi va menyusi bilan uyg‘unlashgan qulay va taskin beruvchi muhitni yaratishdir.

    Ichki makonni malakali xushbo‘ylantirishning ta’siri mehmonlarning xonada o‘tkazadigan vaqtini ko‘payishida ifodalanadi, bu o‘rtacha hisob-kitob chekga ijobiy ta’sir qiladi, shuningdek, mamnuniyat bilan yoqimli atmosferaga ega restoranga qaytib keladigan doimiy mijozlar sonining bosqichma-bosqich o‘sishida namoyon bo‘ladi.

    Qandolatxonalar, novvoyxonalar va oziq-ovqatlar kortlarini xushbo‘ylantirish

    Qandolat do‘konlari va novvoyxonalarda aroma marketing ham savdoni sezilarli darajada oshirishi mumkin. Qahva va yangi pishirilgan mahsulotlarning hidlari ishtahani ochadi va xaridorlarni rejalashtirilmagan xaridlarni amalga oshirishga undaydi.

    Bu ta’sir ko‘pincha o‘z novvoyxonasi bo‘lgan supermarketlarda kuzatiladi: yangi nonni javonlarga qo‘ygandan so‘ng, hatto do‘konning qo‘shni bo‘limlarida ham savdo ko‘payadi. Bundan ko‘plab xalqaro qahvaxonalar, ayniqsa savdo markazlarining oziq-ovqat kortlarida joylashgan muassasalar ham foydalanadi.

    Qahvaxona va restoranlarda noxush hidlarni yo‘q qilish

    Noxush hidlar, yoqimli hidlardan farqli o‘laroq, qahvaxona va restoranlarning savdosiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tamaki hidlari, oshxonadan, hojatxonadan, nosoz shamollatish tizimi va hokazolardan ko‘p odamlar uchun yoqimsiz va mehmonlarning qaytib chiqishiga sabab bo‘ladi.

    Bu muammo qahvaxona va restoranlarning muammoli joylaridagi havoni tozalik hissi beradigan xushbo‘y xidlar bilan to‘ldirish orqali qisman hal qilinadi: dengiz shabadasi, nilufar, ko‘k choy, yalpiz. Ammo oddiy xushbo‘ylik berish muammoni to‘liq hal qilmaydi, chunki bu holda yoqimsiz hid zarralari shunchaki yoqimli hid bilan niqoblanadi va ong osti sezgisi darajasida sezilishda davom etadi. Barcha kiruvchi hidlarni 100% yo‘q qilish uchun maxsus absorbent neytrallash vositasidan foydalanish yaxshidir.

    Qahvaxona va restoranlarni xushbo‘ylantirish uchun uskunalar

    Restoran yoki qahvaxona uchun nafaqat havo spreyi, balki maxsus qurilma – aroma mashinasi kerak. U xushbo‘y suyuqlikni tuman shaklida havoga chiqarishi tufayli aroma konsentratsiyasining kerakli darajasini saqlab turishga qodir. U uzoq vaqt davomida cho‘kib qolmaydi, xonani yoqimli hidlar bilan to‘ldiradi.

    Odatda, qahvaxona va restoranlarning mijozlar xududining maydoni 100-200 kvadrat metrdan oshmaydi, bu kichik va o‘rta quvvatli aroma mashinalaridan foydalanishga imkon beradi. Ba’zi hollarda faqat kirish joyini (resepshn) xushbo‘ylantirish kifoya.

    Ko‘chadagi xushbo‘ylik va o‘tayotgan odam oqimidan mijozlarni jalb qilish uchun yanada kuchliroq qurilmalardan foydalanish tavsiya etiladi. Buning sababi shundaki, ko‘chadagi xushbo‘ylik xonaning devorlari bilan chegaralanmagan va uning kontsentratsiyasi doimo saqlab turish kerak.

    Shunday qilib, restoran va qahvaxonalarni xushbo‘ylantirish qilish mijozlarni jalb qilish va ushlab turish uchun kuchli vosita bo‘lib, biznesni rivojlantirish va daromadlarni doimiy ravishda oshirishga intilganlar tomonidan e’tibordan chetda qolmasligi kerak.

    Tibbiyot muassasasi

    Tibbiyot muassasalari uchun aromamarketing

    + Asab tarangligi va stressni yengillashtirish – apelsin, vanil va lavanda iforlari klinikadagi bemorlarning 70 foizida bezovtalik xissi darajasini kamaytiradi.

    + Yaxshi kayfiyat – yoqimli atmosfera kayfiyatni ko‘taradi va tashrif buyuruvchilarga qulaylik hissi beradi.

    + Doimiy mijozlar – yoqimli hislar bemorlar tomonidan eslab qolinadi, ular tez-tez qaytib kelishadi va vaqt o‘tishi bilan doimiy mijozlar soni ko‘payadi.

    + Sotuvning o‘sishi – tadqiqotlar natijasida xushbo‘ylantirishdan foydalanadigan tibbiy klinikalarda savdo o‘rtacha 13% ga oshgani aniqlandi.

    + Yoqimsiz hidlarni yo‘q qilish – mijozlarda salbiy reaksiyaga sabab bo‘lgan barcha yoqimsiz hidlar (dori-darmonlar, dezinfektsiyalash vositalari) 100% neytrallanadi.

    Tibbiyot klinikalari uchun iforlar

    Aksariyat odamlar uchun sog‘liqni saqlash muassasalari stress, tashvishli kutishlar va hatto og‘riq bilan bog‘liq. Odamlarning klinikaga tashrif buyurishining sababi odatda salbiy: kasallik, xolsizlik, shikastlanish va hk. Kasalxonaga borganimizda, biz tez-tez noqulaylik, tashvish va qo‘rquvni his qilamiz, ayniqsa yaqinlashib kelayotgan muolaja og‘riqli bo‘lsa.

    Shu nuqtai nazardan, ba’zi is-iforlarning odamga ijobiy ta’siri juda foydali ta’sir bo‘lib xichoblanadi. Sitrus, vanil va yashil olma hidlari asab tizimiga foydali ta’sir ko‘rsatishi, stress darajasini pasaytirishi, asablarni bo‘shashtirib xamda endorfinlar – baxt va zavq gormonlarini ishlab chiqarishni rag‘batlantirishi isbotlangan.

    “Apelsin va lavanda hidlari tish davolashni kutayotgan bemorlarda 70% ga tashvishlanishni kamaytiradi va kayfiyatni yaxshilaydi.”

    Nufuzli nemis professori Iogann Lerner aromaterapiya ta’sirini o‘rganib, sitrus hidlari tish shifokoriga tashrif buyurishdagi qo‘rquvni yengishga yordam berishini aniqladi. U o‘z tadqiqotini Germaniya bo‘ylab o‘nlab klinikalarda olib bordi, tish shifokoriga murojaat qilish uchun navbatini kutayotgan xech narsadan bexabar bemorlarni jalb qildi.

    So‘rov natijalariga ko‘ra, ishtirokchilarning 70% dan ortig‘i apelsinning xushbo‘y ifori ta’sirida odatdagidan kamroq tashvishlanishgan. Bemorlarning 20% uchun, tish shifokoridan patologik qo‘rquvga qaramay, klinikada vaqt deyarli sezilmasdan o‘tib ketdi.

    Tibbiyot klinikasi uchun hidni qanday tanlash mumkin

    To‘g‘ri tanlangan xushbo‘y iforlar klinikada qulaylik va tasalli beruvchi muhit yaratadi. Misol uchun, vanil, apelsin, yashil olma va qarag‘ay ignalarining hidlari keraksiz taranglikni yengillashtiradi, tashvish hissini kamaytiradi va kutishdan u qadar asabiylashtirmaydi. Shirin va mevalal iforlar bolalar klinikalari uchun juda mos keladi: shokolad, malina, babl-gam, vanil, pishiriklar.

    Qulay atmosfera bemorlarni yoqimli hayratda qoldiradi va ularning nazarida muassasani boshqalardan sezilarli ajratib turadi. Kelajakda yoqimli va tasalli muhitda tibbiy muolajalarni o‘tkazish xotiralari qaysi tashkilot bilan bog‘lanishni tanlash natijasini oldindan belgilab beradi.

    Klinikada yoqimsiz hidlarni yo‘q qilish

    Ko‘pincha tibbiy klinikalarda ko‘pchilik uchun yoqimsiz va salbiy reaksiyaga sabab bo‘lgan dori-darmonlar, dezinfektsiyalash vositalari va boshqalarning hidlari bo‘ladi. Ularni yo‘q qilish uchun maxsus absorbent-neytralizator juda samarali. U barcha yoqimsiz hidlarni butunlay yuk qiladi va ularning mijozlarga salbiy ta’sirini bartaraf qiladi.

    Tibbiyot klinikalari uchun xushbo‘ylantirish uskunalari

    Stomatologiya va klinikalar maydoni odatda unchalik katta emas, bu esa kam quvvatli xushbo‘ylantiruvchilardan foydalanishga imkon beradi. Ko‘pgina hollarda, faqat qabul qilish yoki kutish joyini xushbo‘ylantirish kifoya.

    Agar klinikada murakkab tartibda joylashgan bo‘lsa, bir-biridan ajratilgan bir nechta xonalar yoki juda katta maydon (500 kv.m dan ortiq), xushbo‘ylantirish uskunasini umumiy shamollatish tizimiga ulash mantiqan to‘g‘ri. Bu bir-biridan ajratilgan bo‘lsa ham, umumiy shamollatish tizimiga ega bo‘lgan xonalarni teng ravishda xushbo‘ylantira oladi.

    Professional havo xushbo‘ylantiruvchilari dasturlash funksiyasi bilan jihozlangan: ular klinikaning ish jadvaliga ko‘ra avtomatik ravishda yoqiladi va o‘chiriladi xamda kerakli darajadagi hid intensivligini saqlaydi. Buning yordamida xushbo‘y suyuqlik tejamliroq sarflanadi va xodimlarning qurilmani yoqish yoki o‘chirishni unutish ehtimoli yo‘qoladi.

    Fitnes-markazlar

    Mijozlarni xushbo‘yliklar yordamida sport zaliga, trenajer zaliga, fitnes markaziga qanday jalb qilish mumkin

    Fitnes markazlari uchun aroma marketingi

    + Tetiklik va yaxshi kayfiyat – fitnes-klubga tashrif buyurganlarning 89 foizining fikricha sitrus, olma va tarvuzning xushbo‘y hidlari kayfiyatni yaxshilaydi va tetiklashtiradi.

    + Tez tiklanish – apelsin va bergamot ifori psixologik charchoq darajasini pasaytiradi va mashg‘ulotdan keyin tiklanishga yordam beradi.

    + Doimiy mijozlar – yoqimli his-tuyg‘ular tashrif buyuruvchilar tomonidan esda qoladi va vaqt o‘tishi bilan doimiy mijozlar soni ko‘payadi.

    + Sotuvni oshirish – tadqiqotlar natijasida xushbo‘ylantirishdan foydalanadigan fitnes klublarida savdo o‘rtacha 8-12% ga oshgani aniqlandi.

    + Yomon hidlarni yo‘q qilish – mijozlarning qaytib ketishiga olib keladigan barcha yoqimsiz hidlar (ter, deodorantlar, jismoniy mashqlar uskunalari) 100% ga yo‘q qilinadi.

    Fitnes klubi uchun iforlar

    Hozirgi vaqtda sog‘lom turmush tarzi tendentsiyasi mavjud bo‘lib, u yomon odatlardan voz kechishni, sog‘lom ovqatlanishni va muntazam jismoniy mashqlar qilishni nazarda tutadi. Bu fitnes klublari sonining ko‘payishiga va natijada ular o‘rtasida raqobatning kuchayishiga olib keladi.

    Zamonaviy trenajyorlar va tajribali murabbiylar, albatta, sport markazining samarali faoliyat yuritishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo eng muvaffaqiyatli klublar mijozlarga yo‘naltirilgan yondashuvga ega bo‘lib, ularda tashrif buyuruvchilar fitnes markazida imkon qadar qulay vaqt o‘tkazishlarini ta’minlashga katta e’tibor beradilar va buning uchun barcha mumkin bo‘lgan vositalar, jumladan aromamarketingni qo‘llaydilar. Haqiqatan ham, har qanday xonada odamlar birinchi navbatda havoda tarqalayetgan xushbo‘y hidlarni qadrlashadi, ya’ni sport zalidan ter, trenajerlar va boshqalarning hidini qanday yo‘qotish masalasi katta ahamiyatga ega.

    «Aroma marketing tashrif buyuruvchilarning kayfiyati va xolatiga foydali ta’sir ko‘rsatadigan maxsus hidlar bilan sport klublari hududlarini maqsadli xushbo‘ylantirishni o‘z ichiga oladi.»

    Aromaterapiya g‘oyasi ming yillar davomida ma’lum bo‘lgan, ammo xushbo‘y iforlarning marketing vositasi sifatida nisbatan yaqindan qo‘llanilmoqda. Shu maqsadda fitnes markazlarida asosan tetiklantiruvchi va musaffolik baxsh etuvchi hidlardan foydalaniladi.

    Fitnes markazlarida qanday iforlardan foydalaniladi

    Sitrusning ifori. Xonada o‘tkir va yaxshi tarqaladigan xushbo‘y hidlar sport zalining atmosferasiga elektr havo neytralizatoridan ko‘ra kamroq ta’sir qilmaydi. Ular faol shug‘ullanadigan odamlarning ko‘pchilik bo‘lib to‘planadigan joylarda paydo bo‘lishi muqarrar bo‘lgan yoqimsiz hidlarni yo‘qotadi.

    Meva va rezavorlarning ifori. Sport muassasasida shirin iforlar noo‘rin, ammo musaffolik iforlari – albatta. Shuning uchun mevalardan tarvuz, mango, olmaga e’tibor qaratish lozim – ular «cho‘qqilarni zabt etish uchun» juda yaxshi rag‘batlantiruvchilardir.

    O‘t- o‘lanlarning ifori. Ularni ikki guruhga bo‘lish mumkin – tinchlantiruvchi va faollashtiruvchi. Birinchisi, dam berish amaliyotiga e’tibor qaratiladigan joylarda, ikkinchisi – harakat qilish kerak bo‘lgan joylarda qo‘llanilishi kerak. Ularning ikkalasi ham sport zalida yomon hidlarni zararsizlantirish masalasini ajoyib darajada hal qiladi.

    Choylarning ifori. Bu xushbo‘y hidlar uy haqida, dilkash suhbatlar haqidagi fikrlarni uyg‘otadi. Bu ularning tashqi ko‘rinishi bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun kelgan mijozlar uchun muhim bo‘lgan ishonch va xavfsizlik muhitini yaratishga yordam berishini anglatadi.

    Dengizning ifori. Bu hidlar eng musaffo bo‘lib tuyuladi, bundan tashqari ular yoz, ta’til, romantika bilan juda yoqimli uyg‘unlikni uyg‘otadi. Yengil shabadadan nafas olib mashq qilish juda zavqli.

    Sport klubining u yoki bu hududida qanday hidlardan foydalanish kerak

    Klubga kiraverishda tashrif buyuruvchilarni yangi meva yoki sitrus iforlari bilan kutib olish mumkin, ular tetiklik va yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi. Kiyinish xonasida ularning yaxshi kayfiyatini hech qanday boshqa mehmonlarning ter, deodorantlar va parfyumeriya hidlari buzmasligi kerak. Ushbu zonani musaffolash vazifasi bilan bergamot, limon yoki yalpizning xushbo‘y hidlari, shuningdek, maxsus absorbent neytralizatori mukammal tarzda kurashadi.

    Quvvatlantiruvchi sitrus notalari, shuningdek, yangi o‘tlar va o‘rmon ifori sizni sport zalida, raqs zallarida va kardio zonada energiya bilan ta’minlashga yordam beradi. Yoga zallarida dam olish va meditatsiya muhitini ko‘k choy, lavanda va yalpizning tinchlantiruvchi hidlari yaxshi ta’minlab beradi.

    Hovuzlar uchun musaffo dengiz iforlari juda mos keladi, bu yoqimli kurort xotiralari bilan uyg‘unlashib va shu bilan birga, agar mavjud bo‘lsa, namlik yoki xlor hidlarni bartaraf qiladi. Asosiysi, mashg‘ulot hududida is-iforlarning intensivligi juda yuqori bo‘lmasligi va charchoqqa olib kelmasligini ta’minlash.

    Mashg‘ulotlardan so‘ng mehmonlar yechinish xonasiga qaytadilar, u yerda yana meva va sitrusyning vefnnfh hidlari ularni yana kutib oladi, bu intensiv xarakatdan keyin asab tizimiga foydali ta’sir ko‘rsatadi, charchoqni ketkazadi va xolsizlikdan saqlanishga yordam beradi.

    Qahvaxonada, agar ular assortimentda taqdim etilgan bo‘lsa, qahva, meva yoki yangi pishiriqlarning hidlarini ishlatish yaxshiroqdir. Bu hidlar tashrif buyuruvchilarning ishtahasini qo‘zg‘atadi va charchatgan mashg‘ulotlardan keyin tetiklanishga taklif qiladi.

    Fitness markazidagi noxush hidlarni yo‘q qilish

    Har bir fitnes-klub yoqimsiz hidlar muammosiga duch keladi: ter, dezodorantlar, hovuzdagi namlik va xlorli moddalar, jismoniy mashqlar uskunalaridan o‘ziga xos hid va boshqalar. Bunday muhit salbiy ta’sir ko‘rsatadi va nozik sezgiga ega bo‘lgan mijozlarni hatto voz kechishga olib kelishi mumkin.

    Bu nafaqat yoqimsiz hidni nafaqat yashirish, balki uni butunlay bartaraf etish juda muhimdir.

    Fitnes klublarini xushbo‘ylantirish uchun uskunalar

    Har bir fitnes-klub yoqimsiz hidlar muammosiga duch keladi: ter, dezodorantlar, hovuzdagi namlik va xlorli moddalar, jismoniy mashqlar uskunalaridan o‘ziga xos hid va boshqalar. Bunday muhit salbiy ta’sir ko‘rsatadi va nozik sezgiga ega bo‘lgan mijozlarning hatto voz kechishiga olib kelishi mumkin.

    Bu nafaqat yoqimsiz hidni nafaqat yashirish, balki uni butunlay bartaraf etish juda muhimdir.

    Fitnes klublarini xushbo‘ylantirish uchun uskunalar

    Mahalliy xushbo‘ylantirish. Kichik va o‘rta quvvatli aroma mashinalari sport klubining muhim joylarini xushbo‘ylantirish uchun ishlatiladi: resepshn, yechinish xonalari.

    Umumiy xushbo‘ylantirish. Bunday holda, yanada kuchli xushbo‘ylantirish mashinalari qo‘llaniladi, bu esa murakkab tartibli xonalarni yoki bitta qurilma bilan juda katta maydonni xushbo‘ylantirish imkonini beradi.

    Professional havo xushbo‘ylantiruvchilari dasturlash funktsiyasi bilan jihozlangan: ular sport klubining jadvaliga muvofiq avtomatik ravishda yoqiladi va o‘chiriladi xamda kerakli darajadagi hid intensivligini saqlaydi. Buning yordamida aromatik suyuqlik tejamliroq sarf qilinadi va xodimlarning qurilmani yoqish yoki o‘chirishni unutish ehtimoli yo‘qoladi.

    Xulosa qilish

    Fitnes markazini malakali xushbo‘ylantirish tashrif buyuruvchilarga zarur tetiklik zaryadini beradi va har bir xonada kerakli kayfiyatni yaratadi. Bundan tashqari, u mashg‘ulotlardan keyingi charchoqni ketkazishga va klubga tashrif buyurishdagi yoqimli xotiralarni saqlashga yordam beradi. Va bu juda muhim, chunki sport zavq berishi kerak.

    Shunday qilib, sport zalida, trenajer zalida, suzish havzasidagi havoni ajoyib iforlar bilan to‘yintirish mijozlarni fitnes markaziga qanday jalb qilish va ularni u yerda olib qolish masalasini hal qilishni ancha osonlashtiradi.

    Mebel salonlari

    Mebel do‘konlari uchun aromamarketing

    + Yoqimli muhit – mijozlar yoqimli hidga ega salonda o‘zlarini qulayroq his qilishadi va unda o‘rtacha 23% ko‘proq vaqt sarflashadi.

    + Xarid qilishga tayyorlik – qulay muhit mijozlarning qaror qabul qilishini osonlashtiradi, bu impulsli xaridlar sonini va o‘rtacha chekni 15-25% ga oshiradi.

    + Doimiy mijozlar – ijobiy tajribalar mijozlar tomonidan eslab qolinadi, ular tez-tez qaytib kelishadi va vaqt o‘tishi bilan doimiy mijozlar soni ortadi.

    + Savdo hajmining oshishi – tadqiqotlar natijasida xushbo‘ylashtirishdan foydalangan mebel do‘konlarida savdo o‘rtacha 5-15% ga oshgani aniqlandi.

    + Yoqimsiz hidlarni yo‘q qilish – xaridorlar orasida xaridni rad yetishga olib keladigan barcha yoqimsiz hidlar (DSP, yelim, qadoqlash va boshqalar) 100% neytrallanadi.

    Mebel saloni uchun xushbo‘y fon

    Odatda, biz mebel sotib olishga judayam ehtiyotkorlik bilan yondashamiz, chunki biz undan yillar davomida foydalanishimiz kerak. Mijozlar oddiy do‘konga qaraganda mebel do‘konida ko‘proq vaqt o‘tkazadilar va shu sababli ular uchun eng qulay va yoqimli muhitni yaratish muhimdir.

    IKEA kabi jaxon sanoati gigantlari mijozga mebel uning uyining intereriga qanday mos kelishini tasavvur qilish imkoniyatini berishga harakat qilmoqda. Buning uchun salon maydonlari sun’iy gullar, mevalar, idish-tovoqlar va hatto maishiy texnika nusxalari bilan bezatilgan. Bundan tashqari, yorug‘lik yaxshi o‘ylangan, sokin, taskin beruvchi musiqa tanlangan.

    «Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mijozlar xushbo‘y xid taralgan mebel do‘konida 23% ko‘proq vaqt sarflashadi, bu esa xarid qilish ehtimolini o‘rtacha 9% ga oshiradi.»

    Mijozlarning sodiqligini qozonishga yordam beradigan yana bir muhim omil – bu mebel salonidagi xushbo‘y fondir. Garchi uning yo‘qligi zarar keltirmasa ham, aroma marketingining ta’sirini o‘rganish natijasida, xaridorlarning 90 foizi xushbo‘ylantirilgan do‘konni qulayroq deb topishi ma’lum bo‘ldi.

    Mebel do‘koniga xushbo‘ylik berish usullari

    Mebel do‘konlarining umumiy va xududiy xushbo‘ylantirish usullari mavjud. Birinchi holda, universal interer xushbo‘y hid bilan bitta kuchli aroma mashinasi o‘rnatiladi, bu esa xaridorlarni mamnun qiladigan qulay muhitni yaratadi.

    Hududiy xushbo‘ylantirish usulida har bir bo‘limda mijozlarga o‘ziga xos kayfiyat berish uchun turli xil hidlarni taratuvchi bir nechta kichik va o‘rta o‘lchamdagi aroma mashinalaridan foydalanadi. Misol uchun, oshxona mebellari bo‘limida yangi pishiriqlar yoki qahva hidi, bu oshxonada bir chashka xushbo‘y qahva bilan qanchalik qulay bo‘lishi haqida yoqimli xayollar uyg‘otadi.

    Yashash xonasining mebel bo‘limida sandal daraxti, pachuli, yumshoq carmning nozik hidlari yoqimli, orom beruvchi oqshomga ishora qiladi. Yotoq xonasi mebellari uchun lavanda, vanil va ko‘k choyning yengil va taskin beruvchi hidlari mos keladi.

    Bolalar bo‘limiga mevalar, shirinliklar va babl-gamning iforlari mos keladi. Ular qiziqarli va beg‘ubor o‘yin-kulgi bilan bog‘liq. Kofe va sitrusning tetiklantiruvchi xushbo‘yligi ofis mebellari uchun mos keladi, ular ofisning odatiy ish muhitini va undagi hayotning xarakatlari ritmini ifodalaydi.

    Mebel do‘konida noxush hidlarni yo‘q qilish

    Mebel salonlarida keng tarqalgan muammo – bu mebel ishlab chiqarish jarayonida paydo bo‘ladigan hidlar: yelim, DSP, shimdirish va sun’iy materiallarning hidi. Ular xaridorlarning negativ reaksiyasini keltirib chiqaradi va savdoga salbiy ta’sir qiladi. Ushbu muammoni hal qilish uchun yoqimsiz hidning molekulalarini bog‘laydigan, uni havodan butunlay yo‘q qiladigan maxsus absorbent vositasi ishlatiladi.

    Mebel salonini xushbo‘ylantirish uchun uskunalar

    Kichkina bo‘limlar uchun, shuningdek, kirish joyini xushbo‘ylantirish uchun kichik va o‘rta quvvatli aroma mashinalaridan foydalanish mumkin. Agar salonda murakkab tartib mavjud bo‘lsa, bir-biridan ajratilgan bir nechta zallar yoki juda katta maydon (500 kv.m. dan ortiq) bo‘lsa, yanada kuchliroq xushbo‘ylantirish uskunalardan foydalanish va uni umumiy shamollatish tizimiga ulash tavsiya etiladi.

    Professional havo xushbo‘ylantiruvchilari dasturlash funktsiyasi bilan jihozlangan: ular salonning ish jadvaliga muvofiq avtomatik ravishda yoqiladi va o‘chiriladi xamda kerakli darajadagi hid intensivligini saqlaydi. Buning yordamida xushbo‘y suyuqlik tejamliroq sarflanadi va xodimlarning qurilmani yoqish yoki o‘chirishni unutish ehtimoli yo‘qoladi.

    Xulosa qilish

    Mebel saloni uchun atmosfera va xaridorning unga cho‘mishi juda muhimdir. To‘g‘ri tanlangan xushbo‘y hidlar unga o‘ziga xos qulaylik va shinamlik tuyg‘usini berishga qodir, shuningdek ularni sotilayotgan mebel bilan uyg‘unlashtiradi. Bunday muhitda mijozlar yanada yoqimli vaqt o‘tkazishadi va xarid qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish osonroq bo‘ladi.

    Supermarketlar

    Supermarketlar uchun aromamarketing

    + Yoqimli muhit – mijozlar yoqimli hidga ega bo‘lgan do‘konda o‘zlarini qulayroq his qilishadi va unda o‘rtacha 25% ko‘proq vaqt sarflashadi.

    + O‘rtacha chekning o‘sishi – non, qahva, pishiriqlar va mevalarning anvoyi hidlari ishtahani qo‘zg‘atib, rejasiz xaridlar sonini 62% ga oshiradi.

    + Doimiy mijozlar – yoqimli his-tuyg‘ular mijozlar tomonidan eslab qolinadi, ular tez-tez qaytib kelishadi va vaqt o‘tishi bilan doimiy mijozlar soni ortadi.

    + Sotuvni oshirish – Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ishtahani ochuvchi lazzatli hidlar supermarketlar savdosini 16-25% ga oshiradi.

    + Noxush hidlarni yo‘q qilish – xaridorlarning xariddan voz kechishiga olib keladigan barcha yoqimsiz hidlar (baliq, sabzavotlar, eskirganlik) 100% neytrallanadi.

    Oziq-ovqat do‘koni uchun xushbo‘y hidlar

    Oziq-ovqat do‘konlari va supermarketlar to‘g‘ri xushbo‘y hidlantirilishning eng ajoyib natijalarini ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan joylardan biridir. Har birimiz ochlik ta’sirida rejadan tashqari xaridlar amalga oshirganmiz va do‘konga «non uchun» borganimizda, oziq-ovqat bilan liq to‘la haltalarni ko‘tarib qaytib kelgan vaziyatga tushib qolganmiz.

    «Yangi pishirilgan non maxsulotlarining hidi supermarketning non bo‘limida savdoni 200% dan ko‘proq oshiradi»

    1993 yilda taniqli amerikalik psixolog va aroma marketing kashfiyotchisi Alan Xirsh yangi pishirilgan nonning hidi supermarketning non bo‘limida savdoni 200% dan ko‘proqqa ko‘paytirishini aniqladi. Xuddi shu ta’sir, hatto qo‘shni bo‘limlarda ham ozgina bo‘lsa-da kuzatiladi, agar u yerga xushbo‘y hid kirsa va u yerda oziq-ovqat mahsulotlari mavjud bo‘lsa.

    Mazali hidlar ishtahani qitiqlaydi, bu impulsli (rejadan tashqari) xaridlarni amalga oshirish ehtimolini oshiradi. Bundan tashqari, yoqimli va komfort hidlar ham tinchlantiruvchi ta’sirga ega bo‘lib, tashrif buyuruvchilarni savdo maydonchasida ko‘proq vaqt o‘tkazishiga muloyimlik bilan undaydi, bu oxir-oqibat o‘rtacha hisob-kitobga ijobiy ta’sir qiladi. Shuningdek, kerakli bo‘limlarda yomon hidlarning (baliq, sabzavotlar) salbiy ta’sirini bartaraf etadigan musaffolik va tozalik muhiti yaratiladi

    Supermarket uchun hidni qanday tanlash mumkin

    Oziq-ovqat do‘konlarini xushbo‘ylantirishning ikki yo‘li mavjud: umumiy va xududiy. Birinchi holda, butun do‘kon yoki hech bo‘lmaganda kirish joyi bitta universal hid bilan qoplanadi – bu vanil, dolchin, qahva, meva, pishiriqlarning yengil islari bo‘lishi mumkin. Ideal variant esa – har bir bo‘limni o‘z hidi bilan xushbo‘ylantirish. Bunday holda, aroma marketingining maksimal ta’siriga erishiladi.

    Kirish maydoni, kirayotgan xaridorlarga yoqimli taassurot yaratish uchun, vanil yoki dolchin bilan xushbo‘ylantirilgan bo‘lishi mumkin. Non bo‘limida yangi pishib chiqqan pishiriqlar va nonning ishtahani ochuvchi xidlari juda samarali. Qandolatlar bo‘limida – shokolad, vanil, qahva va dolchin. Sut bo‘limiga qulupnay, banan va vanil xidlari mos keladi. Baliq bo‘limiga yangi uzilgan bodring va limonning xushbo‘y xidlari foydali, bu esa yoqimsiz hidlardan xalos bo‘lishga yordam beradi.

    Bayramona xushbo‘ylik

    Maxsus tanlangan xushbo‘y hidlardan bayramlarda yoki aksiyalar paytida ham foydalanish mumkin. Masalan xushbo‘y hidli mandarin, qarag‘ay ignalari, dolchin, shuningdek glintveyn yoki shokoladdagi apelsin notalari bilan bayramona muhit yaratish yaxshi fikr xisoblanadi. Klassik yangi yil iforlari tashrif buyuruvchilarga bayramona kayfiyat bag‘ishlaydi va xaridlarni ajoyib tarzda rag‘batlantiradi.

    Qiziqarli fakt: Fransiyadagi Ashan savdo markazida rojdestvo arafasida ba’zi bo‘limlar rojdestvo pudingining hidi bilan konlarini xushbo‘ylantirilgan, shundan so‘ng bu bo‘limlarda savdo 60% ga oshdi.

    Oziq-ovqat do‘konidagi noxush hidlarni yo‘q qilish

    Oziq-ovqat do‘konlari uchun go‘sht, baliq, sabzavot, sut mahsulotlari yoki maishiy kimyo moddalari bo‘limlarida ko‘pincha uchraydigan yoqimsiz hidlarni neytrallashtirish muhim o‘rin tutadi. Yoqimsiz hid, yoqimli hiddan farqli o‘laroq, teskari reaksiyaga sabab bo‘ladi va xaridorlar orasida xariddan voz kechish kabi xolatlarga olib kelishi mumkin.

    Vaqt o‘tishi bilan bu supermarketga tashrif buyurishning kamayishi bilan ifodalanishi mumkin. Bunday bo‘limlarni tozalash vazifasini limon, yalpiz va bodringning xushbo‘y hidlari juda yaxshi bajara oladi va maxsus absorbent neytrallashtiruvchi yomon hidni yo‘q qiladi.

    Supermarketlar uchun xushbo‘ylantirish mashinasi

    Agar vazifa faqat kirish joyini xushbo‘ylantirish qilish bo‘lsa, past yoki o‘rta quvvatli bitta xushbo‘ylantirish mashinasi yetarli bo‘ladi. Xududiy xushbo‘ylantirish xolatida har bir bo‘lim uchun uning maydoniga qarab uskunalar tanlanadi. Bo‘limlarning maydoni odatda ancha katta bo‘lgan va shiftining balandligi 4 metrdan oshadigan gipermarketlar uchun yanada kuchli xushbo‘ylantirish mashinasi kerak bo‘lishi mumkin.

    Agar do‘konda murakkab tartib mavjud bo‘lsa, bir-biridan ajratilgan bir nechta zal yoki juda katta maydon (500 kv.m. dan ortiq), xushbo‘ylantirish uskunasini umumiy shamollatish tizimiga ulash mantiqqa to‘ri keladi. Bu, hatto zonalar bir-biridan ajratilgan bo‘lsa ham, shamollatish tizimiga ega bo‘lgan xonalarni teng ravishda xushbo‘ylantirish imkonini beradi.

    Professional havo xushbo‘ylantirish mashinasi dasturlash funktsiyasi bilan jihozlangan: ular do‘konning ish vaqtiga muvofiq avtomatik ravishda yoqiladi va o‘chiriladi xamda kerakli darajadagi hid intensivligini saqlab turadi. Buning yordamida aromatik suyuqlik tejamliroq sarflanadi va xodimlarning qurilmani yoqish yoki o‘chirishni unutish ehtimoli yo‘qoladi.

    Savdo markazlari

    Savdo markazlari uchun aromamarketing

    + Yoqimli muhit – xaridorlar yoqimli hidga ega bo‘lgan savdo markazida o‘zlarini qulayroq his qilishadi va unda o‘rtacha 17% uzoqroq vaqt sarflashadi.

    + Xarid qilishga tayyorlik – Qulay muhit mijozlarning qaror qabul qilishini osonlashtiradi, bu impulsli xaridlar sonini va o‘rtacha chekini 15-25% ga oshiradi.

    + Doimiy mijozlar – yoqimli his-tuyg‘ular xaridorlar tomonidan eslab qolinadi, ular tez-tez qaytib kelishadi va vaqt o‘tishi bilan savdo markazining tirbandligi ortadi.

    + Sotuvning oshishi – Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, xushbo‘ylashtiruvchi vositalardan foydalanadigan savdo markazlari do‘konlarida savdo o‘rtacha 9% ga oshadi.

    + Noxush hidlarni yo‘q qilish – savdo markazining mehmonlari tomonidan rad etilishiga olib keluvchi (masalan, hojatxonalarda) barcha yoqimsiz hidlarni 100% neytrallashtiradi.

    Savdo markazini xushbo‘ylantirish qilish

    Barcha hislar ichida bizning ong osti sezgimizga eng ko‘p ta’sir qiladigani hidni his qilishdir. Biz eng muhim masalalarda bu sezgi organiga so‘zsiz ishonishni o‘rgandik. Burnimiz oziq-ovqatning yangiligi va xavfsizligini ko‘rsatdi, bizni yaqinlashib kelayotgan xavf haqida ogohlantirdi, xayotda harakatlanishimizga yordam berdi va hokazo.

    Nike kompaniyasi 2007 yildagi tadqiqoti natijasini aynan shu bilan tushuntiradi: hidsiz xuddi shunday bo‘limga nisbatan, tovarlar narxining 10-20% ortiq bo‘lgan farqiga qaramay, 83% tashrif buyuruvchilar yoqimli hidli bo‘limda kiyim va poyabzal sotib olishni afzal ko‘rdilar.

    «Samsung tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, xaridorlar boshqa bo‘limlarga qaraganda xushbo‘y xidlantirilgan bo‘limlarda o‘rtacha 23% ko‘proq vaqt o‘tkazishadi.»

    To‘g‘ri tanlangan muattar hid savdo markaziga kiraverishdanoq o‘z mehmonlarining kayfiyatini ko‘taradi xamda ularni dam olish va xarid qilishda xotirjamlik muhitiga cho‘mdiradi. Yaxshi kayfiyatdagi xaridorlar savdo markazida maroq bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishadi, kamroq charchashadi va xaridlar osonlashadi. Ushbu savdo markazi bilan bog‘liq yoqimli his-tuyg‘ular esga qoladi va keyinchalik odamlar xarid qilish uchun tez-tez qaytib kelishadi, bu esa uning tirbandligi va tashrifi ortishida namoyon bo‘ladi.

    Savdo markazi uchun xushbo‘y hidni qanday tanlash mumkin

    Savdo markazining barcha hududlari uchun juda mos bo‘lgan universal hidlarga apelsin, bergamot, olma, tarvuz va yangi o‘rilgan o‘tlar islari kiradi – ular yengillashtiradi, kayfiyatni yaxshilaydi va tetiklik baxsh etadi. Vanil, ko‘k choy va anjir yoqimli vaqt o‘tkazish uchun qulay va xotirjamlik muhitini yaratadi. Issiq mavsumda savdo markazining mehmonlari yalpiz yoki musaffo dengiz kompozitsiyalarining sokin salqinligidan hayratda qolishadi.

    Yana bir samarali variant – savdo markazlarini xududlar bo‘yicha xushbo‘ylantirish. Yangi qaynatilgan qahva, qandolat mahsulotlari, shokolad va vanilning ishtahani ochuvchi anvoyi hidlari oziq-ovqat bo‘limi uchun juda mos keladi: ular yonidan o‘tib ketayotgan mehmonlarga xarid qilish oson ish emasligi va xaridni davom ettirishdan oldin tamaddi qilib, kuch yig‘ib olish yaxshi bo‘lishiga nozik ishora qiladi.

    Bolalar uchun ajratilgan xududlarda quvonch va beg‘ubor o‘yin-kulgi muhiti banan, apelsin va babl-gamning xushbo‘y hidlari bilan yaratiladi. Popkornning xushbo‘yligi kinoteatr uchun juda mos keladi – bu mutanosib kayfiyatni yaratadi va tegishli mahsulotlarning sotilishini oshiradi.

    Savdo markazining bayramona xushbo‘yligi

    Yangi yil arafasida xushbo‘y hidli mandarin, qarag‘ay ignalari, dolchin, shuningdek glintveyn yoki shokoladdagi apelsin notalari bilan bayramona muhit yaratish yaxshi fikr xisoblanadi. Savdo markazlarining yangi yil xushbo‘yligi butun dunyoda faol qo‘llaniladi va savdoga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Misol uchun, fransuz Ashan savdo markazida xushbo‘y hidli bo‘limlarida sotuvlar 60% ga oshdi.

    Savdo markazlarida noxush hidlarni yo‘q qilish

    Savdo markazining asosiy joylarini xushbo‘ylashtirishdan tashqari, hojatxonalarga e’tibor berish maqsadga muvofiq. Ulardagi yoqimsiz hidlarning mavjudligi tashrif buyuruvchilar orasida noxush reaksiya va o‘zidan itarishni keltirib chiqaradi, bu savdo markazining imidjiga salbiy ta’sir qiladi. Klassik musaffo xushbo‘y limon va yalpizning hidlari tetiklantiruvchi vazifani a’lo darajada bajara oladi va maxsus absorbent-neytrallashtiruvchi yomon hidni yo‘q qiladi.

    Savdo ko‘ngilochar markazlari uchun xushbo‘ylantirish uskunalari

    Belgilangan vazifalarga qarab, savdo markazini xushbo‘ylashtirish ikki yo‘l bilan amalga oshirilishi mumkin:

    1. Mahalliy xushbo‘ylantirish. Savdo markazining muhim joylarini xushbo‘ylantirish qilish uchun past va o‘rta quvvatli aroma mashinalari qo‘llaniladi: kirish joyi, ovqatlanish joyi, hojatxonalar.

    2. Umumiy xushbo‘ylantirish. Bunday holda, eng katta hajmlarni qoplash, shuningdek, butun savdo markazini bitta universal xushbo‘y hid bilan xushbo‘ylantirish qilish imkonini beradigan yuqori quvvatli aroma mashinalari qo‘llaniladi.

    Professional havo xushbo‘ylantiruvchilari dasturlash funktsiyasi bilan jihozlangan: ular savdo markazining ish vaqtiga muvofiq avtomatik ravishda yoqiladi va o‘chiriladi xamda kerakli darajada hid intensivligini saqlaydi.

    Xulosa qilamiz

    Savdo markazida puxta o‘ylangan xushbo‘ylantirish yordamida tashrif buyuruvchilar orasida a’lo kayfiyat, ajoyib dam olish va sevimli xaridlar bilan bog‘lanadigan takrorlanmas muhitni yaratish mumkin. Aynan bu xaridorlar uchun muhim va agar bunga erishishsa, yana va yana qaytib kelishadi.

    Kiyim-kechak va poyabzal do‘konlari

    Mijozlarni do‘konga jalb qilish va ularni qaytib kelishiga undash uchun hidlardan qanday foydalanish kerak

    Do‘konlar uchun aromamarketing

    + Savdolarning ko‘payishi – to‘g‘ri tanlangan hidlar impulsiv xaridlarni rag‘batlantiradi, bu esa do‘kon daromadini 15-20% ga oshiradi.

    + Yangi mijozlarni jalb qilish – kiraverishda xushbo‘y hidlarni yengil purkash, u yerdan o‘tib ketayotgan odamlarni qayerdan bunchalik yoqimli hid kelayotgani qiziqtiradi va savdo joyiga e’tiborini qaratadi.

    + Doimiy mijozlar – ijobiy taassurot qoldirgan joyga, yana tashrif buyurishni xohlaydi kishi, shuning uchun odamlar xarid qilishdan mamnun bo‘lgan joyga qayta-qayta borishadi.

    + Yoqimli muhit – do‘konning xushbo‘y qilingan bo‘limida tashrif buyuruvchilar o‘rtacha 20% uzoqroq vaqt qolishadi.

    + Yomon hidlarni yo‘q qilish – yoqimsiz hidlarni 100% ga neytrallashtirish (hojatxona, libos o‘lchash xonalarida ter hidi, xonadagi namlik, maishiy kimyo moddalari).

    Xushbo‘y hid taralishi – xaridor uchun kurashish usuli

    Savdo muassasalari orasida raqobat har doim yuqori, shuning uchun afzallik beruvchi har qanday usuldan foydalanish kerak. Tashrifchilar tomonidan eslab qolishning eng samarali usullaridan biri bu do‘konga xushbo‘ylik berishdir. Darhaqiqat, hid hissi orqali odamga ko‘rish va eshitishdan ko‘ra kuchliroq ta’sir ko‘rsatish mumkin: rasm va iboralar tanqidiy baholanadi, ammo hidlar darhol ma’lum his-tuyg‘ularni uyg‘otadi.

    Nike ma’lumotlariga ko‘ra, xaridorlar xushbo‘y va hidsiz bo‘lim o‘rtasida tanlovga ega bo‘lganida, odamlarning 84 foizi xushbo‘y savdo do‘konida xarid qilishni afzal ko‘radi, hatto u yerda narxlar 10-20% yuqori bo‘lsa ham.

    Aromatik kompozitsiyani yengil purkash to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish joyidan boshlanishi kerak – bu o‘tayotgan odamlarni jalb qiladi. Va agar muassasa savdo markazida joylashgan bo‘lsa, unda uning xushbo‘yligi uni ajratib turishga, chegaralarni belgilashga imkon beradi. Negaki, savdo markazlari ko‘pincha oziq-ovqat do‘koni, oyoq kiyim butiki, kitob do‘koni, maishiy kimyo bo‘limi yonma-yon bo‘lib va ulardagi tovarlarning hidlari aralashib, xaridorlarni assortimentni o‘rganishdan ko‘ra, tezda chiqib ketishga undaydigan noxush aralashma xidni yaratadi.

    Do‘konlar uchun qanday iforlar guruhlari mos keladi

    Gullarning ifori. Ayollarga yoqadi, chunki ular romantika, bayramlar, qiziqarli tadbirlar haqidagi xayollarni uyg‘otadi. Chakana savdo do‘konlarida ayollar tovarlari – ichki kiyim, liboslar, kosmetika, zargarlik buyumlari bilan keng qo‘llaniladi.

    O‘t-o‘lanlarning ifori. Ular o‘tkir yoki musaffo bo‘lishi mumkin, lekin har qanday holatda ham ular sizni dam olishga va xotirjamlik bilan xarid qilishga undaydi.

    Daraxt-po’stloq ifori. Iliq va achchiq, bu xidlar hashamat va nafislik muhitini yaratadi. Ular amalda bu yerda xarid qilish obro‘li va maqomli degan g‘oyani ilhomlantiradi. Kiyim va poyabzalli elita butiklari, mebel do‘konlari uchun mos keladi.

    Sitrus mevalarining ifori. Har qanday do‘kon uchun ajoyib musaffolashtirgichlar, ular bu joy toza va ozodalik hukm surayotgligini bildirayotganga o‘xshaydi.

    Meva va rezavorlarning ifori. Yoqimli va nafis muhit yaralishi kerak bo‘lgan joy – bolalar uchun tovarlar bo‘limlarida, taqinchoqlar do‘konlarida ularning shirin sersuv ifori taralishi kerak.

    Carm va tamakining ifori. Erkaklar parfyumlari, kuchli jins vakillari to‘g‘ri joyga kelganligini va bu yerda o‘zlariga kerak bo‘lgan hamma narsani – kiyim-kechaklar, oyoq kiyimlar, parvarishlash vositalarini albatta topishlarini ta’kidlaydi.

    Dengizning ifori. Ular har qanday murakkab muhitda tozalik hissi yaratadi, maishiy kimyo, uy-ro‘zg‘or texnikasi bo‘limlari uchun idealdir.

    Do‘konlarda noxush hidlarni qanday yo‘q qilish mumkin

    Eng muammoli joylar – hojatxonalar va liboslarni o‘lchab ko‘rish xonalari. Shuningdek, xona podvalda, yarim podval qavatlarda joylashgan bo‘lsa, ko‘pincha namlik yoki chirish hidi bilan muammolar paydo bo‘ladi. Yoqimli atmosferani yaratish uchun dengiz shabadasi, laym, yalpiz, bergamot, lavanda kabi musaffo islar notalari mavjud bo‘lgan hidlar kerak. Biroq, do‘kon uchun bunday xushbo‘ylantiruvchilarni sotib olish muammoni to‘liq hal qilishni anglatmaydi. Noxush hidlar bostiriladi, lekin butunlay yo‘q qilinmaydi. Ularni butunlay yo‘q qilish uchun neytrallashtiruvchi-absorbent kerak.

    Do‘konlarni professional xushbo‘ylantirish qilish uchun uskunalar

    Maydoni bo‘yicha, bu savdo muassasalari juda turli bo‘lishi mumkin – 50 kvadrat metr ham va 5000 kvadrat metr ham. Lekin ularning har biri uchun aroma mashinalari mavjud: kichik hajmli va kam quvvatli – oddiy o‘lchamdagi do‘konlar uchun, katta va samarador – keng gipermarketlar uchun. Barcha qurilmalar avtomatik rejimda ishlashi mumkin – ma’lum bir jadvalga muvofiq yoqilishi va o‘chirilishi kerak.

    Shunday qilib, aromatizator yordamida xaridorlarni do‘konga qanday jalb qilish va ularni yana bu yerga kelishga undash masalasini hal qilishni sezilarli darajada osonlashtirish mumkin.

    Har bir brendning o'ziga xos ifori bo'lishi kerak